Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat




Download 79,99 Kb.
bet3/9
Sana18.01.2024
Hajmi79,99 Kb.
#140482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish
3 mavzu Ijtimoiy hamkorlik , Abdurauf Fitrat qq, MAT 6, Algebra 9, 10 04, 640795, 11-test savollari, TARJIMAI XOL, Аббосова Шахноза Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar referat, 2-amaliy menejment , 1-Лекция кк Baslawish talimde tarbiya pani, 9-tema Lekciya, AZIZA IXTIYOROVA, толерантлик
Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha.
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'yekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki, kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'yektiv va sub'yektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi
mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.
Odam atrofni, ob'yektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga chambarchas bog'liqdir.
Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.
Didaktika shaxsning kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga yetishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagog- tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim.
Inson kamolotida irsiyat va muhitning ta'siri.
Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan- naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir.
G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi.
Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.

Download 79,99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 79,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat

Download 79,99 Kb.