O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari




Download 79,99 Kb.
bet2/9
Sana18.01.2024
Hajmi79,99 Kb.
#140482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish
3 mavzu Ijtimoiy hamkorlik , Abdurauf Fitrat qq, MAT 6, Algebra 9, 10 04, 640795, 11-test savollari, TARJIMAI XOL, Аббосова Шахноза Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar referat, 2-amaliy menejment , 1-Лекция кк Baslawish talimde tarbiya pani, 9-tema Lekciya, AZIZA IXTIYOROVA, толерантлик

O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari


O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:

  • Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.

  • Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  • Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  • Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  • Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  • Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  • Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.

  • O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  • Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

O’qitish nazariyasining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. O’quv jarayonining maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi:

  1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola ta’lim muassasasida

– to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’yekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.

  1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.

  2. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.

  3. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).

  4. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.

  5. Zamonaviy ta’lim muassasalarida tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning

individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish.
Iqtidorli o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko‘nikma, malakalar yig‘indisini O‘zbekiston Respublikasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda ko‘p ijodkor, izlanuvchi pedagoglar o‘zlarining tajriba maktablarini yaratdilar. Nazariya va tajriba o‘zaro birlashib pedagogikaning taraqqiyotini tayinlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Har qanday fan o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda muayyan ustuvor g‘oyalarga tayanadi. Ana shu g‘oyalar yig‘indisi fanning metodologiyasi, ilmiy-g‘oyaviy asoslari hisoblanadi. O’qitish jarayoni uchun metodologiya - falsafiy, ijtimoiy xulosalar, umumlashmalar xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalar, xulosalar, pedagogikamiz uchun g‘oyaviy asos - dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 79,99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 79,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari

Download 79,99 Kb.