|
Results of National Scientific Research International Journal 2023Bog'liq 2- мақолаResults of National Scientific Research International Journal 2023
Volume 2| Issue 2
SJIF- 4.431
ISSN: 2181-3639
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/index
264
Borjas G asarlarida asosiy e'tibor immigratsiyani iqtisodiy tahlil qilishning
ikki jihatiga, ya'ni migratsiya qarorini belgilovchi omillarga va immigrantlarning
qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga ta'siriga qaratilgan. Muallif muhojirlar va
mahalliy aholining malakalarini farqlash boʻyicha empirik tadqiqotlarga eʼtibor
qaratadi, chunki muallifning fikricha, bu migratsiyaning mezbon davlatga taʼsirini
belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Tadqiqot, shuningdek, migratsiyaning qabul
qiluvchi mamlakatdagi ish haqiga ta'sirini aniqlashga harakat qiladi.
Ayrim hududlarda migratsiya oqimi daromadlar, ishsizlik bo'yicha
farqlanishning pasayishiga yordam beradi. Ayrim hududlarda esa tengsizlikning
kuchayishiga olib keladi yoki hech qanday natijaga olib kelmasligi ham mumkin.
Qadim zamonlardan beri odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko'chib kelishgan. Ba'zilar
yaxshiroq ish, ta'lim, iqtisodiy manfaatdorlik yoki oilani birlashtirish uchun harakat
qilsalar, boshqalar mojaro, terrorizm yoki inson huquqlari buzilishidan qochishga
majbur. Iqlim o'zgarishi, tabiiy ofatlar yoki boshqa ekologik omillar ta'siri natijasida
ko'plab odamlar ko'chib ketmoqda.
Bugungi dunyoda misli ko'rilmagan miqyosda odamlar harakatining guvohi
bo'lmoqdamiz. Odamlar tug'ilgan joyidan boshqa mamlakatlarda yashaydi. 2019-yilda
migrantlar soni 272 million kishiga yetdi. 2000 yilda dunyoda 173 millionga yaqin
muhojir bo'lgan. Biroq, xalqaro migrantlarning sayyoramiz aholisining umumiy
sonidagi ulushi so'nggi o'n yilliklarda deyarli o'zgarmadi: 1980 yilda 2,3%, 2000 yilda
2,8% va 2017 yilda 3,4%.
2019-yilda xalqaro migrantlar soni 272 millionga yetdi, bu 2017-yilga
nisbatan 14 millionga ko‘p. Ayollar migrantlar umumiy sonining 48 foizini tashkil
etadi, 38 millionga yaqini bolalar, 4,4 millioni xalqaro talabalar va 164 millioni yoki
60,3 foizi mehnat muhojirlari hisoblanadi. Migrantlarning 75 foizi mehnatga
layoqatli yoshdagi (20-64 yosh) odamlardir. Barcha muhojirlarning qariyb 31 foizi
|
| |