MEHNAT MIGRATSIYASINING IQTISODIY
RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining maginstranti
Sidikov Tolib Iskandarovich
Results of National Scientific Research International Journal 2023
Volume 2| Issue 2
SJIF- 4.431
ISSN: 2181-3639
https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/index
263
siyosatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun migratsiya oqimlari hajmi va
yo'nalishini oldindan bilish muhim ahamiyatga ega. Migratsiya omillarini aniqlash,
uning oqibatlarini baholashni tegishli modellarni tuzmasdan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Migrantlar u yoki bu viloyatga emas, birinchi navbatda shahar,
shaharcha, qishloq aholi punktiga boradi. Odamlar uchun bandlik shartlari nafaqat
mintaqada, balki ma'lum bir mahalliy mehnat bozorida ham muhim ahamiyatga ega.
Hududlar darajasida mahalliy bozor har doim ham shakllanmasligi mumkin.
1992 yilda tadqiqotchilar R. Barro va K. Sala-i-Martin migratsiyaning
iqtisodiy o'sishga ta'sirini tadqiq etishgan
1
. Ular mehnat muhojirlar inson
kapitalining qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini
rag‘batlantirishdagi rolini tahlil qilishga qaratildi.
Fridberg R. va Hunt D tadqiqot ishlarida asosiy e'tibor immigratsiyaning
qabul qiluvchi mamlakatga ijobiy ta'sirini, xorijiy ishchi kuchining to'ldirilishi va
qulay ichki omillar sifatida o'rganishga qaratganlar
2
. Mualliflarning ta'kidlashicha,
mezbon mamlakatlarda ishsizlikni nazariy jihatdan oshishini ta’jidlagan bo’lsalarda,
ammo ularning AQSh va Germaniya uchun empirik hisob-kitoblari bandlik va ish
haqi darajasiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatmaganligini aniqlashgan. Biroq, qabul
qiluvchi mamlakat hududida migrantlarning notekis taqsimlanishi tufayli mehnat
bozorida ma'lum tarkibiy o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi.
Shiff M tomonidan olib borilgan tadqiqotda asosiy e'tibor savdoni
liberallashtirishning kirib kelayotgan mehnat migratsiyasiga ta'siriga qaratgan
3
.
Ushbu tadqiqot shuni ko'rsatadiki, savdoni liberallashtirish malakasiz ishchilar
migratsiyasiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. M.Schiffning fikricha, agar
immigratsiya oqimini kamaytirish zarur bo'lsa, investitsiyalarni yo'naltirish va
mehnat donor-mamlakatlariga moliyaviy yordam ko'rsatish kerak.
1
Barro, R. and Sala-i-Martin, X. (1992). Regional growth and migration: A Japan-United States comparison. Journal
of Journal of the International and Japanese Economies,
6
, 312-346.
2
Friedberg, R. and Hunt, J. (1995). The impact of immigrants on host country wages, employment and growth. Journal
of Economic Perspectives,
9
(2), 23-44.
3
Schiff, M. (1996). South-North migration and trade: a survey. Technical Report 9302, World Bank.
|