Revolver stanoklari. (The turner capstan lathes)




Download 33.19 Kb.
Sana19.04.2024
Hajmi33.19 Kb.
#201205
Bog'liq
6 Lecture
22.Ishchi dastur, Ttttt, Ermatova Mashxura, Boshqaruv, Mavzu N. Ya. Vilenkinning «To‘plamlar haqidagi hikoyalar» Kitob, 2 mavzu, молиявий менежмент оралик ва якуний саволлари, 1-amaliyot, Xulosa, Global muammolarning mezonlari va darjalari, Barqaror taraqqiyotni ta minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo`nalishlari, Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolotizmga moyillik, Elektr parmalash mashinasi tuzilishi (1)

6 – MAVZU Tokarlik – revolver stanoklari. (The turner capstan lathes)

Tokarlik – revolver stanoklari seriali ishlab chiqarishda chiviq tipidagi yoki ayrim zakatovkalaridan diametric va uzunligi uncha katta bo'lmagan detallarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar universal tokarlik stanogidagi orqa babka o'rniga revolver kallagiga ega bo'lib, kesuvchi asboblar (keskich, parma, Zenker, razvyortka va boshqalar) kallakning o'yiqchalariga mahkamlanadi.


Revolver kallagi burilish o'qining joylashishi bo'yicha ikki turdagi stanoklar bo'ladi:
1) Revolver kallagi vertikal o'q atrofida buriladigan stanoklar (10.4-rasm); bu stanoklarda revolver supportidan tashqari tokarlik stanogidagidek oddiy support ham bo'lib, bo'ylama va ko'ndalang surishlarga ega.
Bir vaqtning o'zida bo'ylama va revolver supportlarga o'rnatilgan asboblar ishlov berishda qatnasha olishi Mashina vaqti (t0) ning qisqarishiga olib kelib, ish unumdorligi ortadi. Chiviq zagotovkalar sanga tipidagi qisqichlar yordamida, donali zagotovkalar esa patron yoki maxsus qisuvchi moslamalar yordamida mahkamlanadi.Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1M36, 1P365.
1) Revolver kallagi gorizontal o`q atrofida buriladigan stanoklar bu stanoklarda revolver supporti kallagi bilan birga bo'ylama surish harakatini ham oladi; shuning uchun bu stanoklarda oddiy supportga zarurat qolmaydi. Bu tipdagi stanoklar universal tokarlik-revolver stanoklari hisoblanadi. Surish qutisidan harakat support mexanizmiga yurgizish vali orqali uzatiladi

Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1336M, 1A341.


1A341 modelli universal tokarlik-revolver stanogida ko'p asbobli sozlashni bajarish mumkin. Stanok komandoapparat deb ataluvchi boshqarish uzeliga ega bo'lib, shpindelning aylanish chastotalarini avtomatik tarzda tanlash, revolver kallagini zarur bo'lgan pozitsiyaga burish va uni surish harakatlarini cheklash kabi operatsiyalarni amalga oshiradi. Bundan tashqari stanokda chiviqni surish va qisish uchun gidravlik mexanizm, konussimon yuzalarga ishlov berish uchun kopir lineykasi, rezba kesish moslamasi bor.


Bu stanokning texnik xarakteristikasi quyidagicha:





  1. Chiviqning maksimal diametri, mm 40

  2. Patronga o'rnatiladigan zagotovkaning maksimal diametri, mm 400

3. Shpindelning aylanish chastotalari chegarasi, aylg’min

60-2000

4. Revolver kallagi bo'ylama surishlari chegarasi, mmg’ayl

0,05-1,6

5. Revolver kallagi doiraviy surishlar chegarasi, mmg’ayl

0,03-0,48

6. Revolver kallagidagi o'yiqchalar (pozitsiyalar) soni 16




7. Bosh harakat elektr dvigateli quwati, kW 4.5




6.2. Ko'p keskichli stanoklar. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari Ko'p keskichli tokarlik stanoklari seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish
sharoitida pog’onalivaliklar, tishli g’ildiraklar bloklari va shunga o'xshash detallarni tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar ikki va undan ortiq supportga ega bo'lib, supportlarning har birida bir necha bir vaqtda ishga tushuvchi keskichlar o'rnatilgan. Oldingi support bo'ylama sh va ko'ndalang sk, orqa support esa faqat ko'ndalang sk surishlarga ega. Mashina vaqtining qisqarishi tufayli ish unumdorligi ortadi. Bir vaqtda bir necha keskichlar yordamida qirindi katta kesimli qilib olinishi sababli stanokning yuqori bikirligi ta'minlangan bo'ladi. Ko'p keskichli stanoklar yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlaydi (3.6-rasm). 1H713 modelli ko'p keskichli tokarlik yarim avtomati diametri 400 mm gacha bo'lgan shesterna, val, halqa, flanes tipidagi detallarga zagotovkani patron yoki opravkada ko'p keskichli sozlash yoki kopir vositasida ishlov beradi. Bu stanok avtomatik liniyalar tarkibiga kiritilishi mumkin.

Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari (avtomat va yarim av- tomat_stanoklarning umumiy ta'rifi 8- bobda berilgan).


Avtomat-stanokda texnologik siklni bajarish, shuningdek tayyor botgan detalni bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkamlash uchun zarur bo'lgan barcha asosiy va yordamchi harakatlar av-tomatlashtirilgandir.


Yarim avtornjibstanokda bir zagotovkani ishlash siklini tashkil etuvchi barcha'asosiy va yordamchi harakatlar avtomatlashtirilgan. Detaining ishlovi tugagandan so'ng yarim avtomat to'xtatilib, ishchi detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani o'rnatadi va stanokni qaytadan ishga tushiradi.
Tokarlik avtomatik stanoklari bir va ko'p shpindelli bo'ladi. Zamonaviy bir shpindelli avtomatlarda 3-60 mm, ko'p shpindelli av-tomatlarda esa 15-125 mm li chiviqlardan detallar tayyorlanadi. Avtomat tipini tanlash ishlab chiqarishning hajmi (seriyaliligi)ga, ishlov berish aniqligiga, shuningdek iqtisodiy jihatlarga bog’liqdir.
Tokarlik avtomatlarida stanokning aniqligi, ishlov turi va qo'llaniladigan kesuvchi asbobga qarab detallarga 8...13 kvalitetlar va yuza tozaligi Rz—160 mkm dan Ra=2 mkm oraliqda ishlov berish mumkin.

Zagotovka sifatida avtomatik tokarlik stanoklarida chiviq (prutоk)1ag, donali zagotovkalar va diametri 12 mm gacha bo'lgan simlar olinadi.


Shpindellarning joylashishi bo'yicha gorizontal va vertikal, bajaradigan operatsiyalari bo'yicha bir shpindelli avtomatlar shakldor-kesib tushiruvchi, shakldor- bo'ylama yo'nish va tokarlik-revolver turlariga bo'linadi.
Shakldor-kesib tushirish avtomatlari θ 3-25 mm li kalta shakldor detallarga ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka shpindelda sangali qisqich yordamida mahkamlanadi. Stanokda 2 dan 4 tagacha support bo'lib, ularning shakldor va kesib tushiruvchi keskichlari faqat ko'ndalang yo'nalishda harakatlanadi (10.7-rasm).
Shakldor-bo'ylama yo'nish avtomatlari kichik diametrli uzun detallar uchun mo'ljallangan. Avtomatda 4-5 ta ko'ndalang support bo'lib, ular alohida kulachoklardan ko'ndalang surish harakati olib zagotovka atrofida joylashtirilgan bo'ladi.


chiviq uchun cheklagich

.7-rasm. Shakldor kesib tushiruvchi avtomat stanok sxemasi.


Tokarlik-revolver avtomatlari keng tarqalgan bo'lib, murakkab shaklli detallarga bir necha xil kesuvchi asboblar yordamida ishlov berishga mo'ljallangan. Zagotovka sifatida asosan kalibrlangan chiviqlar olinadi. Ba'zan maxsus yuklash qurilmasi vositasida donali zagotovkalarga ham ishlov beriladi. Ko'pchilik operatsiyalar bu avtomatlarda shpin-delning chap aylanishida yuqori tezliklarda, rezba ochish, teshiklarni razvyortkalash kabi operatsiyalar esa, shpindelning o'ng aylanishida past tezliklarida bajariladi.
1E140P modelli bir shpindelli tokarlik-revolver avtomatining texnik xarakteristikasi:
ishlov o'tadigan chiviqning maksimal diametri 40 mm; shpindelning chap aylanishlari chastotasi 80…. 2500 min -1; shpindelning o'ng aylanishlari chastotasi 40 315 min-1;
qirqiladigan (ochiladigan) rezbaning maksimal diametri M24 revolver kallagining eng katta surilish masofasi 100 mm
Avtomat ikkita ko'ndalang va bo'ylama joylashgan taqsimlovchi valga ega va ular har sikl (detaining tayyor bo'lish vaqti) mobaynida 1 marta to'la aylanadi.
Ko'p shpindelli avtomatlardan 1B265 modeli asosida yaratilgan gorizontal tipdagi ketma-ket harakatga tushiriladigan 4-(1B265-4K), 6-(1B265-6K) va 8-(1B265-8K) shpindelli avtomatlar ko'p uchraydi.
UlardanlB265-6K modelli olti shpindelli avtomat kalibrlangan chiviq yoki trubadan ko'p seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida keng qo'llaniladi. Bu avtomatning texnik xarakteristikasi quyidagicha:
Chiviqning eng katta diametri 65 mm; shpindel 73... 1065 min-1 oralig’ida 29 aylanish chastotasiga ega; ko'ndalang supportlar soni 6 ta; bitta bo'ylama supporti bor. Detal olti pozitsiyada ketma-ket ishlov o'tadi. Shpindel bloki taqsimlash vali va besh ariqchali malta kresti mexanizmi vositasida buriladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar

  1. Tokarlik guruhi stanoklarida bajariladigan ish turlarini izohlang.

  2. Tokarlik guruhi stanoklarining asosiy tiplarini keltiring.

  3. 1B811 modelli tokarlik-gardanlash stanogi ish prinsipi va vazi- falarini ifodalang.

  4. Tokarlik-lobovoy va karusel stanoklari va ularda bajariladigan ishlar-ni ta'riflang.

  5. Tokarlik-revolver stanoklarining turlari va vazifalarini izohlang.

  6. Ko'p keskichli tokarlik stanoklari, tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari to'g’risida tushunchalar, ularda bajariladigan ishlaming mos sxemalarini keltirib izohlang.

Download 33.19 Kb.




Download 33.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Revolver stanoklari. (The turner capstan lathes)

Download 33.19 Kb.