• Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Z.Xolmanova
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish




    Download 13.41 Kb.
    Sana29.02.2024
    Hajmi13.41 Kb.
    #164303
    Bog'liq
    Xulosa
    22.Ishchi dastur, Ttttt, Ermatova Mashxura, Boshqaruv, Mavzu N. Ya. Vilenkinning «To‘plamlar haqidagi hikoyalar» Kitob, 2 mavzu, молиявий менежмент оралик ва якуний саволлари, 1-amaliyot, Global muammolarning mezonlari va darjalari, Barqaror taraqqiyotni ta minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo`nalishlari, Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolotizmga moyillik, 6 Lecture, Elektr parmalash mashinasi tuzilishi (1)



    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “O‘zbek tili va adabiyoti” yonalishi tinglovchisi Zoitova Shoxista Asqarovnaning “O‘zbek tili leksikasida xoslangan so‘zlar”ni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi bitiruv loyihа ishiga ilmiy rahbar


    XULOSASI

    Tarmoq markazi tinglovchisi Zoitova Shoxista Asqarovnaning “O‘zbek tili leksikasida xoslangan so‘zlar”ni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi bitiruv loyihа ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsad hamda vazifalarining aniq berilganligi, ishning tizimli yoritilganligi; ilmiy tamoyillarga muvofiq kelishi; ishda ko‘rsatgan ilmiy-pedogogik omillarga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv loyiha ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni talablariga javob beradi.


    Ishining birinchi bobi mavzuni o‘rganishning ilmiy-nazariy masalalarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, uning birinchi paragrafida o‘zbek tili leksikasida xoslangan so‘zlar nutq uslublari doirasida atroflicha tafsiflangan va so‘zning xoslanish jihatlari ochib berilgan.
    Ikkinchi paragrafda muammoli ta‘lim texnologiyalarining nazariy asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, muammoli o‘qitish metodlari keng yoritilgan.
    Ishning “O‘zbek tili leksikasida xoslangan so‘zlar”ni muammoli ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishning shaki va metodlari” deb nomlangan ikkinchi bobida xoslangan so‘zlar va ushbu mavzuni o‘qitishning metodikasi, o‘rganilish jihatlari haqida so‘z yuritilgan va tavsiyalar berilgan. O‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarador innovatsion texnologiyalar tatbiq etilgan.
    Bitiruv loiha ishi ilmiy uslubda, mantiqiy izchillikda, aniq va ravon yozilgan. Murojaat qilingan ilmiy manbalar va ularning mualliflari ishda o‘z ifodasini topgan. O‘rganilgan nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida yanada mustahkamlangan.
    Bitiruv ishida keltirilgan metodlar, muammoli ta’lim texnologiyalaridan yosh o‘qituvchilar, akademik litsey va umumta’lim bosqichi o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
    Bitiruv loyiha ishini himoyaga tavsiya еtaman.
    Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Z.Xolmanova
    Download 13.41 Kb.




    Download 13.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

    Download 13.41 Kb.