• FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg




    Download 13.5 Kb.
    Sana09.11.2023
    Hajmi13.5 Kb.
    #96303
    Bog'liq
    al7d
    user file 5e883b9c6b022, 14 - lesson (text) tayyor, Suyuq kristallar va ularning xususiyatlari, Hotamaliyeva Dilfuza Ulug’bek qizi, Siddiqova Marg\'ubaxon, Ахборот технологиялари, Ахборот технологияларии, Dars tahlil 2021 ЯНГИСИ, 620-19 Valijonov Sirojiddin 14-Topshiriq, 408 бўйича маълумот, Komilova d, Doc4, Healthy food.-WPS Office1, Kasrlar test, Tarjima Nazaryasi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
    620-21 GURUH TALABASI ALIYEV MUHAMMADALINING


    “Ta'lim psixologiyasi”


    FANIDAN BAJARGAN
    MUSTAQIL ISHI


    Mavzu: Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun aхamiyati


    FARG’ONA 2023
    Reja:

    1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti.


    2. Yosh psixologiyasi fanining nazariy va amaliy vazifalari.
    3. Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi.
    4. Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalari.

    Yosh psixologiyasining predmeti Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim. 4 Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bolgan o‘quvchilar bilan ish olib boradi


    Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida m am shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyat1 i amalga oshiradi.
    Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi.
    Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.
    Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.
    Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi.
    Yosh psixologiyasi turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi — inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
    1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi muammosi.
    2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi.
    3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi. Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sistemasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi mumkin.
    Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.
    Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tashkil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.
    Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha qolmoqda.
    Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha to‘la-to‘kis o‘z yechimini topmagan.
    Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo'ladi.
    Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga xos o‘zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolutsion o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekinlik bilan amalga oshadi.
    Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur o'zgarishlarni revolutsion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolutsion o'zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ikkinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh taraqqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda ro‘y beradigan revolutsion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin.
    Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bolgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi.
    Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar odatda barqaror hamda qaytarilmas bo‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmaydi. Situatsion o‘zgarishlar beqaror, a‘zgaruvchan, ularni mashqlar orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o‘zgartirsa, situatsion o‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari, bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
    Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat.
    Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi. Bular:
    1. Bolalar psixologiyasi.
    2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
    3. 0‘smir psixologiyasi.
    4. Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
    Bolalaming psixik jihatdan o‘sishida ta’lim va tarbiya g‘oyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi XIX asrlarning o‘rtalaridan tobora ko‘p ta’kidlana boshlandi. Bolalar psixikasining o‘sishi bilan ta’lim va tarbiyaning o‘zaro munosabati haqidagi masalalarni hal etishga urinayotgan nazariyalar hozir ko‘p topiladi. Hozirgi pedagogika va psixologiyada shu masalaga doir uch xil nazariya bor. Ulardan birida ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari bir-biridan mustaqil mavjuddir, degan g‘oya olg‘a suriladi. Ikkinchi nazariyada ta’lim-tarbiya ayni vaqtda taraqqiyotdir, ya’ni ta’lim bilan taraqqiyotning o‘rtasida asos e’tibori bilan sezilarli tafovut yo‘qdir, deb da’vo qilinadi. Nihoyat, uchinchi xil nazariya bo'yicha ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari, garchi boshqa-boshqa jarayonlar bolsa ham, bir-biriga mos kelar va bir-biriga ta’sir o‘tkazar ekan.
    Ta’lim va psixik o‘sish bir-biridan mustaqildir, degan nazariyaning namoyandalari ta’lim va psixik o‘sishni bir-biriga duch kelmaydigan ikkita parallel jarayon deb hisoblaydilar. Bu nazariyaning namoyandalari aqliy qobiliyatni aniqlash uchun dastlabki testlarni vujudga keltirgan edilar (Bine va Simon). Bu namoyandalar va ularning hozirgi izdoshlari aqliy qobiliyat «tug‘ma» bo‘lib, unga ta’lim ham, muhit ham ta’sir etmaydi, degan fikrga asoslanadilar. Ta’lim va psixik taraqqiyot bir-biridan mustaqil, degan nazariya amalda ta’lim-tarbiya ishlarining hammasini bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olmasdan tuzishga olib keldi.
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
    Download 13.5 Kb.




    Download 13.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg

    Download 13.5 Kb.