Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganish




Download 167,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.11.2023
Hajmi167,4 Kb.
#105331
1   2   3
Bog'liq
Z.J.P.P4

Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganish 
R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 7–14 yoshli bolalar va kattalarning 
ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan 
iborat
Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va 
ko‘rish xotirasi o‘rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o‘qib bergan so‘zlarni 


– predmetlarning nomlarini eshitib, esda olib qolish qobiliyati o‘rganiladi. Bu 
tadqiqotlar bir kunda o‘tkazilmaydi, bu esa xotiraning o‘rganilayotgan 
xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi.
Tajriba o‘tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so‘zlar to‘plami – 2 - 
qatorda kerak bo‘ladi. Ko‘rish xotirasi o‘rganilayotganda quyidagi qo‘rsatma 
beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‘rsataman, siz 
ularning nomini istalgan tartibda aytasiz». Rasmlarning har biri 2 soniya 
ko‘rsatiladi. 10 soniya tanaffusdan so‘ng sinaluvchi predmetlarni aytadi. 
Eksperimentator to‘g‘ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo‘q bo‘lgan qo‘shib 
qo‘yilgan predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-
seriyasini boshqa kuni, so‘zlar qatori bo‘yicha tajribalar ham boshqa kunlari 
o‘tkaziladi.
Meyli testi uchun qo‘zg‘atuvchi material
tadqiqot bosqichlari.
1 - bosqich 
2 - bosqich 
Rasmlarning
1-seriyasi 
Rasmlarning
2-seriyasi 
So‘zlarning
1-qatori 
So‘zlarning
2-qatori 
no‘xat 
chig‘anoq 
karton 
jadval 
eshak 
krovat 
vagon 
hafta 
kalit 
truba 
dehqon 
so‘m 


arava 
nok 
pianino 
qarg‘a 
qo‘ng‘iroqcha 
supurgi 
botinka 
fleshka 
stol 
echki 
karta 
ari 
olcha 
buket 
tepalik 
ko ‘zoynak 
etik 
tramvay 
ushoq 
suv 
vilka 
arra 
pero 
ovchi 
baliq 
stul 
ko ‘mir 
qo‘y 
bochka 
bola 
olmaxon 
bulut 
bosh 
bolg‘a 
qurol 
terak 
bufet 
shisha 
yigitcha 
qalam 
atirgul 
g‘ildirakli arava 
nok 
velosiped 
parovoz 
taroq 
dasturxon 
botinka 
kreslo 
zambarak 
sho‘rva 
echki 


bayroq 
daraxt 
plash 
salon 
xo‘roz 
olma 
mushuk 
sohil 
qaychi 
kitobcha 
pichoq 
burun 
zontik 
shlyapa 
bosma qog‘oz 
po‘kak 
vaza 
uy 
sirka 
mehmonxona 
sigir 
it 
gul 
sovun 
divan 
skameyka 
mehnat 
ilon 
kaptar 
eshik 
osmon 
tova 
soat 
piyola 
gugurt 
qush 
qariya 
daryo 
siyoh 
salat 
ko‘zoynak 
pech 
qulf 
raketa 
chiroq 
skripka 
qul 
nonushta 


Eshitish xotirasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ham shunday o‘tkaziladi. 
Sinaluvchiga quyidagi qo‘rsatma beriladi: «Hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib 
beraman, siz esa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib 
berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so‘zlarni – 
takrorlaganlarini ham, yo‘q so‘zlarni qo‘shib qo‘yganlarini ham yozib boradi. 
Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‘lchash orqali tahlil qilinishi mumkin.
Idrok va unung xususiyatlari.
Idrok haqida tayanch tushuncha:
Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni
organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi 
vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
Idrok ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya 
yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi 
aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami 
xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi 
muvaqqat bogʻlanish natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi 
faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt 
tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi. Shuning uchun kishilar ayni 
bir narsa yoki hodisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, 
ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan 
shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi 
oyoq 
papiros quti 
daraxt 
qor 
pianino 
ot 
yong‘in 
truba 


boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning 
idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi.
Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror ligidir. Inson bir vaqtda idrok 
qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir 
narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli idrok jarayonining ajralmas qismi. 
Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga ham bogʻliq. Masalan, 
kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, 
taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.

Download 167,4 Kb.
1   2   3




Download 167,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganish

Download 167,4 Kb.
Pdf ko'rish