Rivojlantirish




Download 6.68 Mb.
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi6.68 Mb.
#87586
1   2   3
Bog'liq
SUGURTA.
3 amaliy ish, Bemorni parvarish qilish - Vikipediya, Aminokislotalar - Vikipediya, Yakuniy nazorat HEMIS Student axborot tizimi, 7-lab.ROBOTLARNING YURITMALARI, ВАЖНОСТЬ КУЛЬТУРЫ РУКОВОДИТЕЛЬСТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ, 1668962144, KIBERXAVFSIZLIK 3, 6-dars, 5-VARIANT SARDORBEK, 9-variant

Sug‘urtalovchilar faoliyatining universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar.

Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar, tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi sababdir.


Sug‘urta bozoridagi sug‘urta kompaniyalarining o‘z mijozlarini ko‘paytirib borishi ularga katta miqdorda foyda keltirishi bilan birga, milliy sug‘urta bozorining rivojlanishiga olib keladi va natijada sug‘urta kompaniyalari xalqaro sug‘urta bozorlariga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xuddi shunday imkoniyatga ega bo‘lgan Angliya, AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya kabi ko‘pgina mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalari transmilliy kompaniyalarga aylanib, jahon sug‘urta bozorida yetakchilik qilish bilan birga, dunyodagi yetakchi banklar bilan bir qatorda kredit beruvchi moliyaviy tashkilotlarga aylanib bormoqdalar. Sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining ixtiyoridagi pul mablag‘larini ssuda kapitali sifatida, pulga ehtiyoj sezgan talabgorlarga ma’lum foiz to‘lash sharti bilan, kelishilgan muddatga kreditga bermoqdalar. Ssuda operatsiyalari bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari banklardan keyingi o‘rinni egallab kelmoqdalar va yirik moliyaviy tashkilotlarga aylanib, iqtisodiyotda yetakchi o‘rinni egallashga da’vo qilmoqdalar.

Download 6.68 Mb.
1   2   3




Download 6.68 Mb.