276
Samarasiz ishlab chiqarish
– kompaniya uchun foyda va daromad
keltirmaydigan narsalarning barchasi (mashina va uskunalardagi
kamchiliklar, yomon sifat va hokazolar)
Strategik alyanslar (Strategic alliances)
– odatda ikkita
kompaniyaning o‘zaro manfaatli strategik maqsadlarni amalga oshirishi
uchun birlashishi.
Sinergizm (Synergy)
– kompaniyalar yiriklashuvida kuzatiluvchi
samaradir. Bunda umumiy natija alohida kompaniyalar natijasidan yuqori
bo‘ladi va ba’zan 2+2=5 formula bilan ifodalanadi.
Soliqlar
belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan,
muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan,
budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Anjumani
(YuNKTAD) – BMT
tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng ko‘p qulaylik rejimi
– mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan
holda o‘rnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha BMT Anjumani
(YuNIDO) – BMT
tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Tadbirkorlik (entepeneurship)
– inglizcha yoki fransuzchadan
tarjima qilinganda “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo‘llash yoki
novatorlik faoliyati yohud korxona tuzish yo‘li bilan ehtiyojlar va
istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.