277
Tashqi qarz –
mamlakat
hukumati, moliya-kredit tashkilotlari,
yirik
korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan
qarzga olgan moliyaviy mablag‘larining jami hajmi.
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan
olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati.
Telekommunikatsiya
– simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit
tizimlardan
foydalanib, signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki
boshqa ko‘rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish
jarayoni.
Transmilliylashuv
jarayoni
–
korporatsiyalarning
milliy
chegaralardan tashqarida faoliyat yuritishi.