1.5.15-rasm. MDH va boshqa xorijiy davlatlarning eksportdagi ulushi
(foizda)
2000-yilda import hajmida 38,2 foizni tashkil etgan MDH
davlatlarining ulushi, 2016-yilda 33,4 foizgacha kamaydi, boshqa xorijiy
davlatlarning ulushi esa 61,8 foizdan 66,6 foizgacha o‘sdi (1.5.16-rasm).
Manba: stat.uz
1.5.16-rasm. MDH va boshqa xorijiy davlatlarning importdagi ulushi
(foizda)
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sanoat tuzilmasi diversifikatsiya
qilinishi natijasida respublikaning eksport tarkibi sezilarli darajada
o‘zgarishiga erishildi. Ta’kidlash lozimki, o‘tgan davr mobaynida
xomashyo eksportidan tayyor mahsulot eksport qilinishiga erishildi.
Xususan, 2000-yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 27,5 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yil natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 5,2 foizni,
qora va rangli metallar 6,6 foiz o‘rniga 5,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat
mahsulotlari esa 5,4 foizdan 5,7 foizga, kimyo mahsulotlari va undan
tayyorlangan buyumlar 2,9 foizdan 6,9 foizga, energiya manbalari va neft
40
mahsulotlari 10,3 foizdan 14,1 foizga, xizmatlar 13,7 foizdan 26,3 foizga
va boshqa tovarlar 30,2 foizdan 34,2 foizga o‘sishiga erishildi (1.5.17-
rasm).
Manba: stat.uz
1.5.17-rasm. O‘zbekiston Respublikasining eksport va import tarkibi
Tashqi savdo bo‘yicha asosiy hamkorlar MDH davlatlari orasida
Rossiya va Qozog‘iston bo‘lsa, boshqa mamlakatlar orasida Xitoy,
Turkiya, Afg‘oniston, Eron va Koreya Respublikasi hisoblanadi.
Manba: stat.uz
1.5.18-rasm. O‘zbekiston Respublikasining yirik eksport hamkorlari
41
1.5.18-rasmda ko‘rsatilganidek, hozirgi davrda deyarli 2000 turdagi
tovar va xizmatlar dunyoning 168 dan ortiq mamlakatlariga (Yevropa
mamlakatlari, MDH, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va
Avstraliya davlatlarini qo‘shgan holda) yetkazib berilmoqda. 2000-yilga
nisbatan eksport bo‘yicha hamkor davlatlar soni 31 taga ko‘paygan.
|