35
Bu esa, asosan, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasining jadal sanoatlashishi
natijasida ro‘y berdi.
Aholi jon boshiga YAHMning hududiy differensiatsiyasi bo‘yicha
tahlili shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich o‘rtacha
respublika darajasidan 2,1 barobarga yuqori.
Navoiy viloyatida bu
ko‘rsatkich 1,8 barobar, Toshkent viloyatida 1,2 barobarni tashkil etadi.
Aholi jon boshiga YAHMning hajmi bo‘yicha hududlararo tafovut 3,9
barobarni tashkil qiladi.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mamlakat
ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari diversifikatsiyalash,
resurslarga
qaramlikni kamaytirish, yuqori ulushli qo‘shilgan
qiymatga ega
tarmoqlarni rivojlantirish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish hisoblanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning iqtisodiy
rivojlanishi iqtisodiy o‘sish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va
hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Manba: stat.uz
1.5.12-rasm. 2016-yilda aholi jon boshiga YaHMning o‘rtacha
respublika darajasiga nisbati
Hududlar
iqtisodiyotini
tashkil
qilishni
takomillashtirishga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar xomashyo ishlab chiqarishga yo‘nalganligini
bartaraf etish, ishlab chiqarish – Тexnologik
bazasini shakllantirish va
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni
kamaytirish imkonini berdi.