• 1.5.33-rasm. Moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 51
  • -rasm. Xalqaro kanallarning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

    1.5.32-rasm. Xalqaro kanallarning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati 
    2010-2016-yillarda moliyaviy xizmatlar hajmi 4,2 martaga oshdi. 
    Bunday o‘sishga tijorat banklarining ularni kapitallashtirish va moliyaviy 
    barqarorligini oshirishni o‘z ichiga olgan moliyaviy faoliyatlarini 
    takomillashtirish natijasida erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
    subyektlarini 
    kreditlashning 
    takomillashgan 
    mexanizmi, 
    istiqbolli 
    investitsiya loyihalarini kreditlashni kengaytirish, shuningdek, yangi 
    elektron to‘lov texnologiyalarini joriy qilgan holda moliyaviy 
    tashkilotlarning hududiy tarmoqlarini kengaytirish moliyaviy xizmatlar-
    ning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan boshqa omillar bo‘ldi (1.5.33-rasm). 
    Manba: stat.uz 
    1.5.33-rasm. Moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 


    51 
     
    Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi, yuqori texnologik tibbiy 
    yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining 
    oshirilishi, sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilg‘or xorij tajribalarining keng 
    joriy etilishi sog‘liqni saqlash sohasi xizmatlarini 4,9 martaga oshirish 
    imkonini berdi (1.5.34-rasm). 
     
    Manba: stat.uz 
    1.5.34-rasm. Sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar hajmi (mlrd so‘m) 
     
    Hozirgi vaqtda xizmatlar ishlab chiqarish iste’molchilarning 
    daromadlari darajasi, didi va nimani afzal ko‘rishlariga qarab tabaqalanib 
    bormoqda. 
    Hajmlarning o‘sishi bilan birga bozor xizmatlarining tarkibiy 
    nisbatlari ham o‘zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari 
    qisqarib, yangi bozor xizmatlarining ulushi ko‘paydi. Xususan, 2010-
    2016-yillarda transport xizmatlarining ulushi 36,2 foizdan 28,2 foizga, 
    aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 8,0 foizdan 6,8 foizga kamaygan. 
    Shu bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 25,4 foizdan 29,6 foizga, 
    moliyaviy xizmatlar ulushi 10,2 foizdan 10,7 foizga, ta’lim sohasidagi 
    xizmatlar 2,9 foizdan 3,5 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,1 
    foizdan 3,3 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 3,1 foizdan 3,7 
    foizga ko‘paydi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha 
    xizmatlar, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil 
    sohasidagi xizmatlar va boshqa xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi 
    ulushi o‘zgarishsiz qolgan (1.5.35- va 1.5.36-rasmlar). 


    52 
    Manba: stat.uz 

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Xalqaro kanallarning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish