|
Buxoro tuman “barkamol avlod” bolalar maktabi
|
bet | 1/6 | Sana | 15.05.2023 | Hajmi | 455.58 Kb. | | #60032 |
Bog'liq Buxoro tuman innovatsiya Doc1, 10-сынып тарих жауаптары, ATTESTATSIYA Nazorat svollari, bayanlama-BIYBINAZ, Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti, KALENDAR. MADANIYATLARARO MULOQAT, NUTFULLAYEVA JASMINA S 21 OP GURUH TADBIQIY VA IJTIMOIY PSIXOLOGIYA, Презентация Microsoft Office PowerPoint - INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH BO’LIM BOSHLIG’I ITOLMASOVA KOMILANING “INNOVATSIYA-DAVR TALABI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
TAQDIMOT REJASI - KIRISH
- I INNОVАTSIОN FАОLIYAT - TА’LIM SАMАRАDОRLIGINI ОSHIRISH JARAYONINI OMILI SIFАTIDАGI NAZARIY ASOSLAR
- II TА’LIM JАRАYONINI INNОVАTSIОN FАОLIYATDA TASHKIL ETISHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI
- III TAJRIBA - SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI
-
- XULOSA VA TAVSIYALAR
- FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur.
Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega.
|
| |