70
4. Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni
import qilmaydigan
mamlakat topilmaydi, negaki hech bir mamlakat o‘z sanoati uchun barcha
turdagi mashinalar, uskunalar va elektron hisoblash texnikasini ishlab
chiqarish quvvatiga ega emas.
5. Tajribali import qiluvchilar sotib olinadigan uskunalar va
texnologiyalarga quyidagi talablarni qo‘yadi:
texnologik jarayonlar,
sanoati rivojlangan davlatlar zavodlarida sinalgan va patentlangan bo‘lishi
kerak; uzatiluvchi texnologiyalar xaridor sharoitlariga (xususan, mahalliy
xomashyo resurslariga) moslashishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak; xarid
qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar xaridor korxonasida ilgari
o‘rnatilgan agregatlarga mos kelishi kerak, uskuna yetkazib beruvchining
taklifi o‘z ichiga tez yemiriluvchi detallarni mahalliy korxonalarda ishlab
chiqarish imkoniyatini beruvchi ishchi chizmalarni olishi kerak.
6. Import qiluvchilar yetkazib beruvchilar
bilan muzokaralarda
baholar, texnik shartlar, uskuna va texnik hujjatlarni yetkazib berish
muddatlari bilan birga ba’zi hollarda import qiluvchilar uchun muhimroq
sanalgan bitimlarni moliyalashtirish shartlarini kelishib olishi zarur.
7. Eksport va import qiluvchilar o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar
ko‘pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini o‘tkazish uslubi,
yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun javobgarlik, mahalliy
xomashyo resurslarining sotib olingan texnologiyaning
texnik talablariga
mos kelmasligi kabi sabablardan kelib chiqadi.
8. Har qanday kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yetkazib beruvchi
bilan do‘stona xayrlashishga xalaqit bermasligi lozim, chunki kelajakda
maslahat,
ehtiyot qismlar, texnik yordamlar va boshqalar bo‘yicha unga
murojaat qilish zarurati vujudga kelishi mumkin.