59
sharoitlariga tezroq va osonroq moslashishiga yordam beradilar. 90-
yillarda qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislari sonining TMK
boshqaruvining, hatto yuqori darajalarida ko‘payish holati ham ana shu
sabablar bilan tushuntiriladi.
Mahalliy urf-odatlar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning urf-odatlari
ba’zan sanoati taraqqiy etgan davlatlarda qabul qilingan biznes
yuritishning umumiy me’yorlari va ishga doir etikadan jiddiy farq qiladi.
Ayrim rivojlanayotgan davlatlarda rasmiy shaxslarni rag‘batlantirmasdan
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qiyin.
Ishlab chiqarish munosabatlari. Xorijda
xorijiy tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishni boshlashdan oldin qabul qiluvchi mamlakatda o‘rnatilgan
ishlab chiqarish munosabatlarining prinsiplarini, kasaba uyushmalarning
faoliyati va mehnat qonunchiligini o‘rganish maqsadga muvofiq.
Aksiyadorlar uchun jozibali tomonlar. Qabul qiluvchi mamlakatda
aksiyadorlarni birinchi navbatda, albatta, aksiyalarga belgilangan yuqori
dividendlar qiziqtiradi. Bundan tashqari kompaniya
yillik hisobotlarida
potensial aksiyadorlar uchun kompaniyaning texnologik yutuqlari va
faoliyat qaltisligini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida
ma’lumotlar chop etiladi. Tarmoqning birinchi beshligiga kiruvchi
kompaniyalarning aksiyalari eng katta qiziqishga ega bo‘ladi.
Raqobat. Xalqaro toifali menejer jahon bozoriga chiqish milliy
bozordagi faoliyatdan ko‘ra raqobatchilar sonining o‘sishi bilan bog‘liq
qo‘shimcha muammolarning paydo bo‘lishini hisobga olishi zarur.
Iste’molchilar. Turli mamlakatlarda iste’molchilarning talabi va
didlari
jiddiy
farqlanadi.
Xalqaro
toifali
menejerning
asosiy
muammolariga ana shu turli– Тuman ehtiyojlarni qondirish yo‘llarini
topish kiradi. Bu muammoning hal qilinishini
turli davlatlarda mahsulot
va xizmatlarni sotish uchun tajribali xodimlarni tanlash, shu jumladan
qabul qiluvchi mamlakatdagi mahalliy mutaxassislarni yollash ancha
osonlashtiradi. Masalan, AQShda avtomobillar bozorining 20 foizdan
ortig‘ini egallagan Yapon avtomobillarini sotish bilan, odatda, Yaponlar
emas, balki ular yollagan yuqori malakali
Amerikalik menejerlar
shug‘ullanadi.
Texnologiya. Xalqaro bozorda harakatlanuvchi kompaniyalarning
fan–texnika taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanadi. Ular turli
davlatlardagi eng yetakchi firmalar bilan texnologiyalar ayirboshlash
hisobiga uskunalarni, texnologiya va mahsulot assortimentini yangilashni
tezroq amalga oshiradilar. Tabiiyki, xalqaro kompaniya menejeriga turli
davlatlarda mualliflik huquqlari va patentlarini
himoya qilish haqidagi
60
qonunlarni muntazam o‘rganish zarur. Bunda texnologiyalar almashuvi
qo‘shma korxonalar yoki strategik alyanslar tashkil qilish shaklida sodir
bo‘lishini nazarda tutish lozim. Masalan, yo‘lovchi samolyotsozligining
yetakchisi – “Boing” korporatsiyasi (AQSh) 260 yo‘lovchilik bortiga ega
7000 milgacha uzluksiz parvoz qilishga mo‘ljallangan Boing – 767
laynerini yaratish uchun ITTKI ishlarini o‘tkazishda Yaponiyaning
“Kavasaki” va “Fudji” kompaniyalari bilan hamkorlik qildi.