• Ballar ning miqdor i
  • 3.3. Xorijiy sherikni tanlash
  • Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

     
    2-jadval 
     Qabul qiluvchi davlat roliga da’vogar mamlakat afzalliklarini 
    baholash (namuna) 
     
    Mezonlar 
    Mezon 
    bahosi
    (1 dan 10 
    ballgacha

    Mezonning 
    muhimlik 
    darajasi 
    (1 dan 10 
    ballgacha) 
    Ballar
    ning 
    miqdor

    1. Siyosiy barqarorlik 
    2. YaMM 
    3. Jon boshiga YaMM 
    4. Iqtisodiy o‘sish istiqbollari 


    80 
    5. Bozor hajmi 
    6. Hukumatning xorijiy investitsiyalarga 
    munosabati 
    7. Foydalar repatriatsiyasi 
    8. Bojxona tariflari 
    9. Xususiy mulkni cheklash 
    10. Soliq tizimi 
    11. Valyuta barqarorligi 
    12. Inflyatsiya sur’atlari
    13. Ishchi kuchi qiymati 
    14. Xomashyo va materiallarning 
    mavjudligi va qiymati 
    Jami
    3.3. Xorijiy sherikni tanlash 
     
    Xorijda tadbirkorlik faoliyati tajribasining ko‘rsatishicha, qabul 
    qiluvchi mamlakatda bir-ikki yil ichida ishga oid aloqalarni olib bormagan 
    sherikni tanlash kerak emas. Xalqaro kompaniyalar, odatda, bu masalada 
    shoshilmaydilar, chunki bunda yo‘l qo‘yilgan xatolar qimmatga tushadi va 
    qiyin bartaraf qilinadi. Bunda xorijda ishga oid sherikni tanlashda 
    ob’yektiv standartlarni qo‘llash tavsiya qilinadi. 
    Potensial sherik haqidagi ma’lumotlarni quyidagi tartibda 
    guruhlashtirish tavsiya qilinadi: 

    oldingi ixtisoslashuvi; 

    sotish dinamikasi, strategiyani o‘z ichiga olgan holda kompaniya 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

    raqobatbardoshlikning darajasi (bozordagi ulushi, talab, baholar, 
    talabning istiqbollari); 

    kompaniyaning resurslari – moliyaviy ahvoli, ishlatilayotgan 
    texnologiyasi, inson kapitali, aktivlar, obro‘ (imiji). 
    Potensial 
    sheriklarni 
    baholab, 
    xalqaro 
    kompaniya 
    biznes 
    strategiyasini eng yaxshi tarzda tushuna oluvchi, ishlab chiqarish va sotish 
    rejalariga rozi bo‘luvchi, qabul qiluvchi mamlakat bozorida aloqalarni 
    ta’minlovchi va sotish hamda taqsimlashning mos kanallarini taqdim 
    qiluvchi sheriklar tanlanadi.
    So‘ngra hamkorlik haqidagi muzokaralar boshlanadi, uning sheriklari 
    sifatida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari, yirik savdo firmalari, 
    kichik ixtisoslashgan savdo kompaniyalari va agentlik firmalari 
    qatnashishi mumkin. Potensial sherik oldiga uning imkoniyatlariga mos 


    81 
    keluvchi aniq va konkret hamkorlik maqsadlari qo‘yilishi kerak. Uni 
    qo‘yilgan masalalarning real ekanligiga ishontirish, qabul qiluvchi 
    mamlakatning bozorida ularni hal qilish yo‘llarini bilishni va uzoq 
    muddatli asosda kerakli mehnat va moliyaviy resurslarni jalb qilish 
    istagini ko‘rsatish muhim. 
    Mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi xalqaro korporatsiya 
    mahsuloti bilan mahalliy kompaniya assortimentini to‘ldirganda yoki 
    mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi o‘z faoliyat doirasini boyitmoqchi 
    bo‘lganida TMK bilan hamkorlik qilishga qiziqadi. Bu holda TMK xorijiy 
    filial menejeri mahalliy kompaniyaning sotish tizimiga, uning TMK 
    xorijiy filiali mahsulotini sotishdan manfaatdorligiga e’tiborini qaratishi 
    kerak. Shu bilan birga, TMK xorijiy filiali menejeri e’tiboridan mahalliy 
    firma mahsuloti va TMK filiali mahsuloti o‘rtasida ularning birgalikdagi 
    faoliyatining ma’lum bosqichida raqobat vujudga kelish imkoniyati chetda 
    qolmasligi kerak.
    Mahalliy kompaniyaning TMK xorijiy filiali bilan hamkorlikka 
    qiziqishini saqlab qolish uchun filialning texnologik jihatdan doim 
    ustunlikka ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, shunday 
    hodisalar ham ma’lumki, bunda mahalliy sherik TMK xorijiy filialiga 
    qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga moslashtirilgan o‘z texnologiyasi 
    va uskunalarini berib, shu bilan mahalliy bozorda TMK xorijiy filial 
    obro‘sining oshishiga va uning texnik darajasini ko‘tarilishiga yordam 
    beradi. Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqarish kompaniyasi TMK 
    xorijiy filiali mahsuloti iste’molchilariga sotuvdan keyingi malakali 
    xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qabul qiluvchi mamlakatda xaridorlarning 
    ehtiyojlari xususiyatlaridan xabardor tajribali sotuvchilar bilan yordam 
    berishi mumkin.
    Yirik savdo firmalari qabul qiluvchi mamlakatda TMK xorijiy filial 
    sherigi sifatida ma’lum afzalliklarga ega. Ular ko‘proq keng turlanuvchi 
    tovarlar va xizmatlar assortimenti – xomashyo va materiallar, neft 
    mahsulotlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, shuningdek, mashina va 
    uskunalarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Qabul qiluvchi mamlakatda 
    mahalliy yirik savdo firmalari bilan hamkorlik qaltisligiga, eng avvalo, 
    ularning TMK xorijiy filial mahsulotiga qiziqish darajasi va xorijiy 
    korporatsiya mahsulotiga talab susaygan holda, ularning hamkorlik 
    qilishdan kutilmagan voz kechish imkoniyati kiradi. Bunday kutilmagan 
    xavfning oldini olish uchun sherik sifatida tor ixtisoslashgan, 
    iste’molchilar bilan vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan savdo 
    firmasini tanlash kerak.


    82 
    Eng ko‘p ixtisoslashgan savdo kompaniyalari, shuningdek, tashqi 
    bozorda ham ancha faol harakat qiladi. Ular turli tovarlarning mayda 
    Download 3,95 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish