-jadval  Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

1-jadval 
Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va 
turlarining afzalliklari va kamchiliklari 
 
Korxonalar tashqi 
iqtisodiy faoliyati 
turi 
Afzalliklar 
Kamchiliklar 
Tashqi savdo 
Sotish bozorini 
kengaytirish, milliy 
Bojxona to‘siqlari sababli 
sotish xarajatlarini oshirish 


74 
ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirish
valyuta paritetlariga bog‘liqlik
Litsenziyalar 
ayirboshlash, 
franchayzing, 
yetkazib berishlar
Kam sarmoyalar sababli 
qaltisliklarning 
qisqarishi, muayyan 
turdagi faoliyatga tor 
ixtisoslashuv
Litsenziyalar va subyetkazib 
beruvchilar faoliyati ustidan 
nazorat uchun kam 
imkoniyatlar 
Xorij 
korxonalarining 
qurilishi, firmalarning 
qo‘shilishi
Sarmoyador tomonidan 
to‘la nazorat, korxona 
joylashuv o‘rnida aniqlik
Katta kapital qo‘yilmalar 
evaziga qaltislik va qabul 
qiluvchi mamlakatda notijorat 
qaltisliklari 
Strategik alyanslar 
ITTKIda kooperatsiya 
texnologiyalar 
ayirboshlashni 
kengaytirishda va 
qo‘shma korxonalar 
tashkil qilishda keng 
imkoniyatlar
Qo‘shma dasturlarni 
o‘tkazishni nazorat qilish 
qiyinchiliklari, qarorlar qabul 
qilish muddatlarini uzaytirish, 
unikal mahsulotga 
monopoliyani yo‘qotish xavfi
Bevosita xorijiy 
investitsiyalar 
Sotish bozorlarini 
kengaytirish va axborot 
olish imkoniyatlarini 
kengaytirish 
Xorijiy aktivlarni yo‘qotish 
xavfi 
 
3.2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlash 
 
Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng 
katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish haqida 
qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlarning 
sharoitlarini to‘rtta asosiy aspektda: bozor, iqtisodiy, mahalliy 
sharoitlarning xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o‘rganib 
chiqiladi. 
Bozor aspektida qulay omillarga bozor hajmi, ishlab chiqarishga 
mo‘ljallanayotgan mahsulotlarga yoki mahalliy bozorda taqdim qilinishga 
mo‘ljallanayotgan xizmatlarga talab o‘sishining yuqori sur’atlari, yirik 
iste’molchilarning mavjudligi, xorijiy sarmoyadorni qiziqtirayotgan 
tovarlar va xizmatlar hayotiylik stiklining uzunligi, uning reklamasini 
mahalliy iste’molchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishi, sotish 
tarmog‘ini baynalmilallashtirish imkoniyati kabi omillar kiradi.
Bozor aspektida xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda 
ishlab chiqarish va sotishga mo‘ljallanayotgan tovarlar va xizmatlar 
iste’molchilarini turmush tarzi, intilishlari, istaklari xususiyatlariga qarab 
guruhlarga taqsimlanishini bilishi foydali. Xaridorlik talabining mavsumiy 


75 
tebranishlari va sarmoyalar yo‘nalishlaridagi tendensiyalar haqidagi 
ma’lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Xalqaro menejer izlanishlarining 
predmeti bo‘lib, qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining tuzilishi, 
ulgurji va chakana savdo xususiyatlari hisoblanadi. 
Iqtisodiy jihatdan u yoki bu mamlakatni qabul qiluvchi sifatida 
tanlash haqidagi qaror qabul qilishga xalqaro ko‘lamda tadbirkorlik 
faoliyatini kengaytirish natijasida ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini 
qisqartirish, manbalarning keng doirasidan fan-texnika va tijorat 
axborotlarini olish imkoniyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga 
ITTKI sarflarini qisqartirish kabi omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyatining mahalliy sharoitlariga qabul qiluvchi 
mamlakatning an’analari: bojxona tarifini, import va eksport kvotalarini, 
tovarlar va xizmatlarning importi bilan bog‘liq mahalliy me’yorlar va 
standartlar, tadbirlar, tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini patentlash 
sharoitlarini o‘z ichiga olgan qonunchilik kiradi. 
Xalqaro menejer uchun qabul qiluvchi mamlakatda, ayniqsa, uning 
hududida ishlab chiqarishga va sotishga mo‘ljallangan tovarlar va 
xizmatlarga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining o‘rnatilgan tartibi haqidagi 
axborot muhim. 
Qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
savdo 
palatasi 
va 
tijorat 
assotsiatsiyalarining xalqaro menejerni qiziqtiruvchi tovarlar va xizmatlar 
bozorini erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlari haqidagi axborotni olish 
foydali. Bosh kompaniya mamlakatining qabul qiluvchi mamlakatdagi 
elchixonasi yoki savdo vakolatxonasining mahsulot realizatsiyasiga 
ko‘maklashish 
maqsadida 
amalga 
oshirayotgan 
xatti-harakatlari 
to‘g‘risida xabardor bo‘lishi muhim o‘rin tutadi. Xalqaro kompaniya 
uchun quyidagilar alohida ahamiyatga ega: 

valyutani muvofiqlashtirish tizimi; 

mulkchilik huquqlari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki 
ekspropriatsiya qilinganda kompensatsiya to‘lovining miqdori va uni 
to‘lash shakli haqidagi masalani o‘z ichiga olgan holda); 

qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan kelishmovchiliklarni 
xalqaro arbitrajda hal qilish imkoniyati; 

bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochiq tadbirkorlik 
faoliyati kategoriyalari va ularning har qaysisi uchun alohida imtiyozlar 
berilishi haqidagi aniq qonunchilik. Qabul qiluvchi mamlakatning 
investitsion iqlimi ko‘p darajada moliyaviy tizim ahvolini aniqlaydi. 
Xalqaro kompaniya xorijiy aktivlarining qismati qabul qiluvchi 
mamlakatda hukumat beqarorligi, soliq tizimining yaxshi yo‘lga 


76 
qo‘yilmaganligi, inflyatsiyani ushlab turuvchi yoki yo‘qotuvchi qat’iy 
iqtisodiy siyosat yuritilmasligi bilan bog‘liq inflyatsiya jarayonlari evaziga 
yo‘qotilishi mumkin. Xalqaro kompaniya xorijiy filiali inflyatsiya 
sharoitlarida ish haqining baholar o‘sishiga nisbatan yuqoriroq o‘sishi va 
soliq tizimining yomon tashkil qilinishi sababidan ham zarar ko‘radi. 
Shuning uchun odatda xorijiy firmani tashkil qilish haqida qaror qabul 
qilishdan oldin bosh kompaniya kelajakda qabul qiluvchi mamlakatda 
inflyatsiya darajasini hisobga oladi. 
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari nuqtayi nazaridan xorijiy 
investor uchun transport va aloqa vositalarining mavjudligi va foydalanish 
qiymati 
qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
sharoitlariga 
qo‘llanuvchi 
texnologiyalarni moslashtirish imkoniyati birinchi darajali ahamiyatga 
ega. Bunda bosh kompaniya rahbariyati potensial raqiblar – qabul qiluvchi 
mamlakatda milliy firmalarning mahalliy xaridorlar ehtiyojlarini va 
mahalliy bozorning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq bilishi kabi 
ustunliklariga egaligini e’tiborga oladi. Bundan tashqari milliy firmalarni 
mahalliy hukumat qo‘llab-quvvatlaydi va nihoyat, iste’molchilarning 
vatanparvarlik sifatlari ular tomonida bo‘ladi. 
U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati haqidagi qaror qabul 
qilishdan oldin bosh kompaniyaning mahalliy sharoitlar aspektidagi 
harakatlari ketma-ketligi odatda, quyidagi tadbirlar zanjiridan iborat 
bo‘ladi:

qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini 
baholash; 

ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini 
raqobatchilar taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat 
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; 

o‘rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida 
sotishni tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganish; 

qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va 
an’analarining xususiyatlarini o‘rganish; 

shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan 
tanishish; 

qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu 
mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baholash.
Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bo‘lgan mamlakatlarga, 
masalan ushbu mamlakatda bosh kompaniyaning sotish bo‘yicha filiali 
amal qilayotgan bo‘lsa ko‘proq e’tibor beradi. 


77 
Qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari haqidagi 
axborotning asosiy manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Qabul qiluvchi mamlakatning savdoga ko‘maklashish bo‘yicha 
davlat tashkilotlari (ko‘pincha bu korxonalarning faoliyati eksportni 
rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan)ning roli. 
2. Bosh kompaniya joylashgan mamlakatda qabul qiluvchi 
mamlakatning import qiluvchi firmalarining vakolatxonalari bo‘lib, ular 
talabga ega tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotlar berishi mumkin 
(qabul qiluvchi mamlakatda bozorni o‘zlashtirgunga qadar ular bilan hech 
qanday shartnomalar imzolamaslik afzal). 
3. Bosh kompaniya davlatida qabul qiluvchi mamlakat elchixonasi 
yoki savdo vakolatxonasi, banklar bo‘limlarining axborotlari. 
4. 
Qabul 
qiluvchi 
mamlakatda 
bosh 
kompaniya 
davlati 
elchixonasining tijorat bo‘limi yoki savdo vakolatxonasining mavjudligi. 
Ular odatda eksportni rivojlantirishdan manfaatdor, ishlab chiqilgan 
ma’lumotlar bazasiga ega va shuning uchun qabul qiluvchi mamlakat 
bozori haqidagi axborotni tez berishi va hatto potensial xaridorlar va 
import qiluvchilar bilan ham tanishtirishi mumkin; 
5. Bosh kompaniya joylashgan davlat va qabul qiluvchi mamlakat 
savdo palatalarining axborotlari. 
Qabul qiluvchi mamlakatda raqobatbardoshlik omilini o‘rganishda 
xalqaro kompaniya rahbariyati kerakli raqobatbardoshlik darajasiga qabul 
qiluvchi mamlakat bozorida o‘xshashi bo‘lmagan antiqa tovarlar ishlab 
chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) hisobiga erishish mumkinligini tushunadi. 
Raqobatli kurashda, shuningdek, raqobatchilar sifatidan ustun bo‘lgan 
an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan ham 
omadga erishish mumkin. Nihoyat, raqobat darajasi antiqa yangi 
texnologiyalar qo‘llanishiga asoslangan kam ishlab chiqarish xarajatlari 
evaziga past baholar bilan ushlab turilishi mumkin. 
Qabul 
qiluvchi 
mamlakatda 
ishlab 
chiqarish 
va 
sotishga 
mo‘ljallanayotgan 
tovarlar 
va 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligini 
baholashga o‘xshash tovarlar va xizmatlar bozoridagi asosiy raqobatchilar, 
bu bozor sektorlarining asosiy raqobatchilar o‘rtasida taqsimlanishi, 
raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari, ularning strategiyasi 
xususiyatlari, shuningdek, qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya 
xorijiy filiali ixtisoslashgan tovarlar va xizmatlarga talab o‘sishining 
kutilayotgan sur’atlari haqidagi ma’lumotlar yordam beradi.
Yangi tovar yoki xizmatlar qabul qiluvchi mamlakatning bozorida o‘z 
o‘rnini topishi yoki ular yangi xususiyatlari bilan ajralib turishi kerakki, 


78 
iste’molchilar ularni ko‘rmaguncha ularning zarurati haqida bilmasligi 
mumkin. Bu xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda yangi yoki 
takomillashtirilgan tamoyilga asoslangan talabni yaratishiga to‘g‘ri 
kelishini bildiradi. Xususan, u o‘z tovarlarining ajoyib iste’mol 
xususiyatlarini reklama qilishi mumkin. 
Tovarlar yoki xizmatlarning sotilishini kengaytirish uchun xalqaro 
menejer qabul qiluvchi mamlakatning ommaviy axborot vositalarida bu 
tovarlar yoki xizmatlarni uning kompaniyasida ixtiro qilinishi va 
yaratilishining ko‘p yillik tarixini bayon qilishi, ularning ishlab 
chiqarishida qo‘llanilayotgan yetakchi texnologiyalarni ta’kidlashi, o‘z 
tovarlari yoki xizmatlarining ko‘pgina boshqa tovarlardan foydali 
farqlarini asoslashi mumkin.
Bunda 
xalqaro 
menejer 
boshqarayotgan 
xorijiy 
filialning 
imkoniyatlari va egiluvchanligini baholashi lozim. U asosiy iste’molchilar 
buyurtmasini uning firmasi qanday muddatlarda bajara olishini va qabul 
qiluvchi mamlakat sharoitlarida mahsulot ishlab chiqarishning qanday 
hajmi real bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatiga va uning shartnomada ko‘rsatilgan texnik-iqtisodiy tavsiflarga 
muvofiqligiga birinchi darajali e’tibor berilishi lozim. Qabul qiluvchi 
mamlakatlarda iste’molchilar odatda bozordagi xorijdan keltirilgan yangi 
tovarlar yoki xizmatlarga shubha bilan qaraydilar va bu tovarlarda 
ularning iste’mol xususiyatlari uchun juda kichik va ahamiyatsiz bo‘lgan 
kamchilik va nomuvofiqliklarni ham kechirmaydilar. Iste’molchilarni, 
shuningdek tovarlarni shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarda va 
kelishilgan miqdorlarda olishlari qiziqtiradi.
Xalqaro 
kompaniyalar 
uchun 
qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
jozibadorligining asosiy omillariga bu davlat hukumatining xorij 
investitsiyalariga nisbatan aniq shakllantirilgan munosabatini kiritish 
kerak. 
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qabul qiluvchi mamlakat 
hukumatining xorijiy investitsiyalarga nisbatan siyosati xorijiy investorlar 
uchun kerakli makroiqtisodiy iqlim yaratilib, ular uchun muayyan foyda 
olish imkoniyati va foydaning bir qismini repatriatsiya qilish huquqi 
berilgan taqdirdagina jozibali bo‘ladi.
Qabul qiluvchi mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilishda milliy 
rejim prinsipi – ochiq huquqiy tizim, ayniqsa, kuchli stimul hisoblanadi. 
Uning 
doirasida 
xorijiy 
investorlar 
qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
fuqarolarining muayyan tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qoida va 


79 
nizomlarga rioya qilsa, qonunchilik tomonidan taqiqlanmagan shunday 
tadbirkorlik faoliyati ruxsat etiladi.
Qabul 
qiluvchi 
mamlakatning 
xorijiy 
investorlar 
uchun 
jozibadorligining asosiy omillaridan biri bo‘lib, qarzni to‘lash, foydani 
xorijga o‘tkazish va kapitalni repatriatsiya qilish uchun ularning erkin 
almashinadigan valyutaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Bunda soliq 
imtiyozlari, shubhasiz, xorijiy investorlarni jalb qiladi, biroq xorijiy 
investitsiyalar ortidan quvishda soliq imtiyozlariga beriluvchanlik ayrim 
rivojlanayotgan davlatlarning achchiq tajribasi ko‘rsatishicha, qabul 
qiluvchi davlat iqtisodiyotida nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin. 
Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun qabul qiluvchi mamlakatlarning 
hukumatlariga BMT ekspertlari “Milliy xo‘jalikda nomutanosibliklarga 
olib keluvchi ortiqcha imtiyozlardan ko‘ra, yuqori bo‘lmagan soliqlar 
afzal” prinsipi bo‘yicha kelishilgan soliq mexanizmlarini kiritishni tavsiya 
qiladilar. 
Oxirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda investorlarni TMK bilan 
qo‘shma ITTKI o‘tkazishga ilmiy potensialga ega davlatlar jalb qiladi. 
Bunday hollarda qabul qiluvchi davlat hukumatlari zaruriy resurslar va 
texnologiyalarga ega milliy tadqiqot markazlarining TMK xorijiy filiallari 
bilan qo‘shma fan–texnika hamkorligi uchun qulay sharoitlar yaratib 
beruvchi siyosat o‘tkazadilar.
Qator potensial qabul qiluvchi mamlakatlar imkoniyatlarini batafsil 
tahlil qilish natijasida xalqaro kompaniyalarning iqtisodchilari bu 
mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlarni har bir mamlakatning afzalliklarini 
ballarda baholab, jadvallarga kiritadilar. Eng ko‘p ballga ega bo‘lgan 
davlat tanlanadi (2-jadval). 

Download 3,95 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish