86
Ko‘p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko‘p tomonlama
universal shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Unda BMT
tizimi muassasalari va integratsion birlashmalar (YeI, NAFTA, ASEAN
va b.) ishtirok etadi. Xorijiy tadbirkorlik masalalari bo‘yicha eng mashhur
ko‘ptomonlama universal konvensiyalarga 1965-yil “Qabul qiluvchi
mamlakatlar va xorijiy xususiy sarmoyadorlar o‘rtasida investitsion
bahslarni hal qilish haqida”gi Vashington konvensiyasi kiradi.
Bu konvensiyaga binoan unga qo‘shilgan
davlatlar va investorlar
bahslarni hal qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB)
qoshida investitsion bahslarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Xalqaro
markazga murojaat qilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muassasaga murojaat
etishning shart-sharoiti bo‘lib, ularning bahsni kelishtiruvchi tadbir yoki
arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi hisoblanadi.
1985-yil Seul konvensiyasi asosida XTTB
qoshida xorijiy xususiy
investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil
etilgan. Bu tizim bo‘yicha sug‘urtachi (XXISXA) sug‘urtalanuvchi
(xorijiy investor) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy xavflar
vujudga kelgan taqdirda sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasida
ko‘rsatilgan miqdorni to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urtalanuvchi o‘z
navbatida sug‘urtachiga har yili sug‘urta to‘lovini to‘lash majburiyatini
oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST)
doirasida savdo
bilan bog‘liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS
(Trade Related Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni
ko‘ptomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS
doirasida milliy hukumatlar faoliyatining
muhim jihatlari qatorida
quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi:
–
xorijiy
investorlar
bilan
qo‘shma
korxonalarda
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu
ushbu mahsulotlarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish sharti sifatida
qaraladi);
–
xorijiy investor korxonasining u bilan qo‘shma milliy korxona
uchun mahsulotida import komponentlar ulushi ko‘rsatilgan korxona
mahsulotining eksport hajmiga teng bo‘lishi
haqidagi talab;
–
xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini
cheklash.
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar
sarmoyaviy faoliyatini tartibga solishning yana bir yo‘nalishi bo‘lib
Xizmatlar bo‘yicha bosh kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus
87
kelishuvni qo‘llash zarurati tez o‘sib boruvchi
xizmatlar sohasi va ishlab
chiqarish eksporti ko‘pincha telekommunikatsiya va aloqa sohasida
buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini qayta
ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda
maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko‘zda tutishi sababli
vujudga keldi.