94
milliy korxonalarni yoqilg‘i-xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi
kapital chiqarilishini davlat rag‘batlantiradi;
v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga ko‘maklashuvchi
kapital chiqarilishi investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa
ushbu davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy
korxonalar raqobatchilarini jahon bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor
mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa, davlat kapital chiqarilishini
cheklaydi.
2. Mamlakatga olib kirish holatida:
a) murakkab bo‘lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash
uchun texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi
bilan ishlab chiqarish va sotish huquqi importi investor sotish bozorini
kengaytirishga mo‘ljallangan kapital olib kirish kabi davlat tomonidan
rag‘batlantirilmaydi;
b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan
foydalanish bilan bog‘liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar,
yarimtayyor mahsulotlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, kapital
importi davlat tomonidan rag‘batlantiriladi;
v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi
va uning xarajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu
firmalar mahsuloti milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini
pasaytirmagan holda davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Aks holda davlat
bunday yo‘nalishdagi BXIlarni cheklaydi.