Davlatning o‘z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
Davlatning o‘z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga 
yondashish prinsiplari 
 
Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o‘z munosabatlarini 
vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro 
kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijro 
va nazorat xususiyatidagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi. 
90-yillar oxirlarida ko‘p davlatlar milliy hukumatlarining e’tibori 
xalqaro moliyaviy oqimlar hajmining keskin ko‘payishi va dinamikasining 
o‘zgarishiga qaratilgan bo‘lib, ularga qisqa muddatli moliyaviy 
majburiyatlar, investitsion oqimlar va spekulyativ kapital harakati kiradi. 
Xalqaro kompaniyalar tomonidan amalga oshiriluvchi moliyaviy oqimlar 
qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir etadi va 
Osiyodagi 
qator 
rivojlanayotgan 
davlatlar 
achchiq 
tajribasining 
ko‘rsatishicha, ularning davlat tomonidan nomuvofiq tartibga solinishi 
davlatdagi va dunyodagi makroiqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi 
mumkin. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar 
hissadorlika xorijiy investor ulushini cheklash, ishlab chiqarishni 
boshqarishdagi cheklashlar, foydani taqsimlashda maksimal ulushni 
aniqlash, litsenziyalar, patentlar berish shartlari, buxgalterlik hisobotini 
tekshirish kiradi. Bundan tashqari xorij kompaniyalarining sanoatning 
ayrim tarmoqlari, xizmat sohalariga (telekommunikatsiya, transport, 
aloqa, televideniya) kirishi taqiqlanadi. Masalan, Rossiyada konversiya, 
nodir metallarni qazib olish va ishlov berish, kommunikatsiyalar kabi xalq 
xo‘jaligining strategik tarmoqlari bilan bog‘liq loyihalarda xorij firmalari 
ishtiroki cheklangan. 
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalarning xorijiy 
filiallarini tashkil etish maqsadlarini besh toifaga ajratish mumkin: 
1. 
Sotish bozorlarini kengaytirish.
Bosh kompaniya qabul qiluvchi 
mamlakatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoki turli xizmatlar 
ko‘rsatishni tashkil etadi. Bunda xorij korporatsiyasi ishlab chiqarish 


88 
uchun o‘z mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasini, boshqarish 
tajribasini va o‘z tovar belgisidan foydalanish huquqini beradi.
2. 
Eksport hajmini ko‘paytirish.
Xalqaro kompaniyalar eksportining 
tobora ko‘p qismi ularning xorijiy filiallariga to‘g‘ri kelmoqda. 
Korporatsiyalar xorijiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida arzon 
ishchi kuchi va ko‘p tabiiy resurslarga ega qabul qiluvchi mamlakatlarga 
kapital kiritadi. Xorijiy filial samarali faoliyat ko‘rsatishining zaruriy 
sharti sifatida mahalliy va mintaqaviy sig‘imli sotish bozorlarining 
mavjudligi hisoblanadi.
3. 
Xomashyo va materiallar bilan ta’minlash.
Xalqaro kompaniyalar 
xorijiy filiallarining aksari qismi TMK tizimi firmalarini, shu jumladan, 
bosh kompaniyani tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida amal qiladi.
4. 
Antiqa texnologiyalarni xarid qilish.
Shu maqsadda xalqaro 
kompaniyalar yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari
universitetlar, texnologik parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud 
bo‘lgan mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari) o‘z 
xorijiy korxonalarini tashkil qiladi. 
5. 
Faoliyat samaradorligini oshirish.
Xalqaro kompaniyalarning 
xorijiy korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va 
gorizontal xalqaro ishlab chiqarish integratsiyasi qo‘llaniladi.
Qabul qiluvchi mamlakat davlati TMKning quyidagilarga yordam 
berishiga intiladi: 

ular amal qilayotgan mamlakat ichki va tashqi xavfsizligini 
saqlash; 

aholining optimal real daromad olishiga shart-sharoit yaratish va 
bandlik darajasini oshirishni ta’minlash; 

aholi salomatligini saqlash va atrof-muhit muhofazasi; 

madaniyat, texnika, fan, maorif darajasini ko‘tarish. 
Turli davlatlarning o‘z iqtisodiyotiga xorij investorlarini jalb qilish 
dasturlarida umumiy belgilarni ko‘rish mumkin. Birinchidan, barcha 
davlatlar 
reklama 
materiallarini 
tarqatish, 
maxsus 
seminarlar, 
uchrashuvlar, majlislarni asosan, davlat darajasida o‘tkazish yo‘li bilan 
xorijiy kapital jalb qilayotgan mamlakat “obro‘”sini oshirishga intiladi. 
Ikkinchidan, bu dasturlar xorijiy sarmoyadorlarni qayd qilishda 
byurokratik tadbirlarni yengillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi. 
Nihoyat dasturlarda xorijiy investorlarga moliyaviy imtiyozlar berish (bu 
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlar uchun 
xarakterli) ko‘zda tutiladi.


89 
Qabul 
qiluvchi 
mamlakatning 
o‘z 
iqtisodiyotiga 
xalqaro 
kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
1. Tartibli tadbirlar – qabul qiluvchi mamlakat hududida xalqaro 
kompaniyalar filiallari faoliyatiga ruxsat berish tartibini soddalashtirish 
bo‘yicha ma’muriy va qonuniy me’yorlarni kiritish. 
2. Soliq imtiyozlari – xorij firmalarini soliqdan ozod qilish yoki 
kamaytirish. Bu imtiyozlar foydaga soliq solishga tegishli, shuningdek, 
“soliq ta’tillari”ni kiritish (xalqaro kompaniya xorijiy filial korxonasini 
ishga tushirish davrigacha foydaga soliq solishdan ozod qilish), ijtimoiy 
sug‘urtaga to‘lovlardan ajratmalar miqdorini kamaytirish, kapital 
repatriatsiyasi va foydani xorijga chiqarishda soliqlardan ozod qilishda 
namoyon bo‘ladi. 
90-yillarda xalqaro kompaniyalar sarmoyalarini jalb qiluvchi 
mamlakatlar o‘rtasida soliq raqobati keskinlashdi, negaki aynan soliqqa 
tortish xalqaro kompaniyalar joylashish o‘rnini tobora ko‘proq 
aniqlamoqda. 
Bunday 
raqobat 
qabul 
qiluvchi 
mamlakatlarning 
iqtisodiyotiga umuman salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni davlat daromadlari 
va xorij investitsiyalari qisqarishiga olib keladi. 90-yillar oxirida ayrim 
xalqaro tashkilotlar (masalan, OESR, YeI) milliy va xalqaro kompaniyalar 
uchun soliq stavkalari o‘rtasidagi farqlarni nazorat qilishni o‘rnatish 
maqsadida bu tashkilotlarga a’zo mamlakatlar soliq rejimini o‘rganish 
uchun ekspertlar ishchi guruhini tashkil etdilar. 
3. Imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar. Bularga mahalliy 
moliyaviy tashkilotlarning imtiyozli shartlar bilan xorijiy investorlarga 
bergan kreditlari, qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizatsiya 
fondiga (firmaning normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi kapital 
qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishga xizmat qiluvchi 
maxsus fond) to‘lovlarning qisqartirilgan muddatlari kiradi. Amortizatsiya 
fondiga to‘lovlarga soliq solinmaydi. Bundan tashqari ayrim davlatlar 
xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq to‘lashga 
subsidiyalar va firma xodimlari ish haqiga subsidiyalar ajratadi.
4. Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod 
qilishni ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni 
moliyalash, eksport kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod 
qilishdan iborat. 
5. Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish. U erkin 
tadbirkorlik hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona 
to‘lovlarisiz ishlab chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid 


90 
qilinishi mumkin bo‘lgan qabul qiluvchi mamlakat hududining bir qismi) 
tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari 
rivojlanishini rag‘batlantirish; konsessiyalarni (davlat tomonidan xorijiy 
firmaga o‘z mamlakati hududida faoliyat yuritish: foydali qazilmalar qazib 
chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa 
huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat 
preferensiyalari, ITTKIni qo‘llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar 
va xizmatlar importini taqiqlash; milliy valyutani devalvatsiyadan saqlash 
choralari; qarz kafolatlari, qoloq mintaqalar hududida tadbirkorlik 
faoliyatini rag‘batlantirish; xususiylashtirishda ishtirok etishda namoyon 
bo‘ladi.

Download 3,95 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlatning o‘z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish