NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
4.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
 
NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida 
hal qiluvchi rol AQSh TMKlariga taalluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari 
NAFTAga katta umid bog‘laydilar. Yaqin yillarda Amerika eksportining 
jiddiy kengayishi va shu bilan bog‘liq ish joylarning ko‘payishi 
kutilmoqda. Mehnattalab, materialtalab va ekologik qimmat ishlab 
chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko‘chirish davomida ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish va Amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining 
raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyati tug‘ilsa ajab emas. 


110 
Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada 
ishlab chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan 
ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig‘ilgan mashinalardan kam emas. 
Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz” 
yaqin yillarda shunday yo‘l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi 
va 4-10 %ga o‘z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda. 
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan 
texnologik tarmoqlarni (o‘lchov asboblari, kompyuterlar, aloqa vositalari 
va boshqa ishlab chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini 
oshirish va bozorni kengaytirish orqali o‘z foydasini oshirishni nazarda 
tutmoqdalar. Bunda 
Kanada 
kapitalining janubga ko‘chishining 
kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a 
ko‘lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining shakllanishi uchinchi 
mamlakatlardan, asosan, YeI va Yaponiyadan bevosita va portfel 
investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag‘batlantiradi.
YeIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, 
Irlandiya, Portugaliya) qo‘shma budjet fondlaridan moliyaviy yordam 
berilsa, NAFTA Meksikaga bunday yordam ko‘rsatmaydi. Uning yangi 
vaziyatlarga yolg‘iz moslashishiga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, 
NAFTA yordamida Meksika o‘z iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish muddatini yarim asrdan 10-15 
yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun ikki shimoliy 
davlat va Meksika o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish 
jarayoni boshlanishi zarur, chunki Kanada-Amerika savdosida savdo 
to‘siqlari bartaraf etib bo‘lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar 
ayirboshlash cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat 
tovarlari bilan o‘zaro savdoda boj to‘lovlari 65 %ga kamaytirilgan, qolgan 
to‘lovlarning ko‘pchiligi esa 2003-yilda tugatiladi. Energoresurslar, 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari, avtomobillar va to‘qimachilik tovarlari 
bozorini asta-sekin liberallashtirish mo‘ljallangan. 
Meksika qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha har bir shimoliy 
sherik bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o‘z 
bozoriga Kanada va AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini 
ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab chiqarilgan 
kompyuterlarga avvalgi 20 %lik boj to‘lovini butunlay olib tashladi, 
uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to‘lovi asta-sekin 3,9 
%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika 
bozoridan arzon Yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish 
imkoniyati beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar importiga 


111 
ko‘pgina cheklashlarni olib tashlashi kerak, bu esa Amerika 
eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari 
90-yillar o‘rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini 
kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining ko‘p 
tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. 
Xorijiy tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab 
topish va qazib chiqarishga transport va kommunikatsiya infratuzilmasiga 
mablag‘lar investitsiyalash hozircha taqiqlanadi. Keyinchalik qatnashish 
ulushi cheklangan sohalarda uni 2001-yildan boshlab 51 %gacha, 2004-
yildan boshlab 100 %gacha kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 
Meksika banklar va sug‘urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning 
ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa 
Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug‘urta bozorining 3 
dan 1 qismini egallash imkoniyatini yaratadi. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish