Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova
G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU,
2009.
2.
Конина Н.Ю. Менеджмент в международных компаний: как
побеждать в конкурентной борьбе. – М.: ТК Велби, 2009. - 560 с.
3.
Сорокина М.В. Менеджмент в торговле. Учебник. – СПб.:
Бизнес – пресса, 2008. - 480 с.
4.
Пивоваров
С.Э.,
Тарасевич
Л.С.
Международный
менеджмент. Учебник. 4-е изд. – СПб.: Питер, 2008. - 720 с.
5.
Гаврилова
Т.А.,
Муромцев
Д.И.
Интеллектуальный
менеджмент: инструменты и системы. Учебное пособие. 2- е изд. -
СПб, 2008. - 488 с.
6.
Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova
G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU,
2009.
7.
Пивоваров
С.Э.,
Тарасевич
Л.С.
Международный
менеджмент: Учебник. 4-е изд.- СПб.: Питер, 2008. - 720 с.
8.
Конина Н.Ю. Менеджмент в международных компаний: как
побеждать в конкурентной борьбе. – М.: ТК Велби, 2009. - 560 с.
9.
Иваненко А.Г. Инновационный менеджмент. Учебное
пособие. – М.: КНОРУС, 2009.
10.
Внешнеэкономическая
деятельность.
/Под
ред.
Б.М.
Смитиенко, Поспелова В.К. -М., 2008.
104
IV-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA XORIJIY
TADBIRKORLIKNING RIVOJLANISHI
4.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini
kengaytirish
Xalqaro iqtisodiy integratsiya davlatlararo iqtisodiy kelishuvlar
shaklini oluvchi davlatlarning xo‘jalik-siyosiy birlashish jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda davlatlararo kelishuvlar
bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi
aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo‘ldi. XXI asr boshida
jahonda 100 dan ortiq davlatni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion
guruhlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib
pirovardida milliy va xalqaro tadbirkorlik tuzilmalari xizmat qiladi,
ularning manfaatlari quyidagi omillarga qaratilgan:
–
xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma tadbirkorlik tuzilmalarini
tashkil qilish yo‘li bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini
kengaytirish;
–
sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar,
kapitallar, ishchi kuchi xalqaro ayirboshlash yo‘lida to‘siqlarni bartaraf
qilish asosida mintaqaviy bozorlarni qamrash, tarif va notarif to‘siqlarni
yo‘qotish, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish hajmini, shuningdek,
assortimentini kengaytirish hisobiga mintaqaviy bozordagi o‘rnini
mustahkamlash;
–
mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga
oshirishda xalqaro mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab
chiqarishni tarkibiy qayta qurish va ratsionallashtirishga qiziqish;
–
mintaqaviy guruhning barcha a’zo mamlakatlari uchun davlat
buyurtmalari milliy bozorining ochilishi;
–
davlatlar o‘rtasida texnologiyalar almashish bo‘yicha bitimlar va
yangiliklar kiritish oqimining o‘sishi;
–
integratsion
guruhga
a’zo
davlatlar
kompaniyalari
raqobatbardoshligini
ITTKI
xarajatlarini
ko‘paytirish
hisobiga
mustahkamlash;
–
integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi
iqtisodiy siyosati evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish;
–
milliy kompaniyalarning xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va
xalqaro korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi;
105
–
bevosita xo‘jalik aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning
boshqa shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
–
standartlarni
unifikatsiyalash,
soliqqa
tortish
tartibini
soddalashtirish, xalqaro savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish
hisobiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish;
–
xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni
kengaytirish yo‘li bilan bandlik darajasini oshirish;
–
korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.
Yevropa Ittifoqi (YеI)
10
; Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi
(NAFTA – AQSh, Kanada, Meksika); Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari
assotsiatsiyasi (ASEAN – Bruney, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma,
Birma, Filippin, Singapur, Tailand, Vetnam); MERKOSUR (Braziliya,
Argentina, Paragvay, Urugvay) kabi yirik integratsion birlashmalarning
faoliyat yuritish natijalari milliy va xalqaro kompaniyalar manfaatiga
ko‘ra
integratsion
jarayonlarning
muayyan
ketma-ketligi
shakllanganligidan dalolat beradi. Birinchi navbatda investitsiyalar (milliy
rejimni kiritish muammolari, xalqaro shartnomalarga kafolatlangan
muvofiqlikni ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan ishonchli
kafolatni ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi.
Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish bozorlarining kengayishi,
investitsiya oqimlarini ko‘paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil
qilishni
rag‘batlantirdi.
Bunda
integratsion
jarayonlar
xorijiy
investitsiyalarning uchta afzalliklari – mulkni xarid qilish, ishlab
chiqarishni baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida
korxonalarni ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.
Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini
xalqaro menejer o‘z qo‘l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha
usullar bilan kuzatishi mumkin.
Integratsiya
jarayoni
dinamikasining
asosiy
ko‘rsatkichlariga
quyidagilar kiradi:
–
mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;
–
integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning umumiy tovar
aylanmasi hajmida ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi.
Masalan, 1980-yilda YеI a’zo mamlakatlari o‘rtasida tashqi savdo
aylanishining yillik o‘sish sur’ati 9 %ni, 90-yillar oxirida 20 %ni tashkil
etdi.
10
YеIga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar, Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya,
Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Gretsiya kiradi, 2004-yil 1-mayda 10 ta, 2007-yilda 2 ta mamlakat qo’shilgan. Jami
27 mamlakat kiradi.
106
–
integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning o‘zaro BXI hajmini
ularning boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish.
Xususan, 1980-yilda YеI a’zo mamlakatlar o‘zaro BXI YеI hududida
umumiy sarmoyalar oqimining 25 %ini, 90-yillar oxirlarida 50 %ga
yaqinni tashkil etdi.
–
integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa
davlatlar firmalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilish va qo‘shilishlar
soni bilan taqqoslash.
Iqtisodiy
integratsiya
doirasida
firmalarning
birlashishiga
ko‘maklashuvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
–
ishlab chiqarish ko‘lamining samarasi;
–
texnologiyalarni o‘zaro ayirboshlash;
–
korxonalar joylashgan o‘rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy
va Markaziy Yevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, janubda esa
arzon ishchi kuchi tomonidan yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan);
–
mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to‘laroq qondirish
uchun mahsulot assortimentini kengaytirish;
–
ITTKI xarajatlarini ko‘paytirish imkoniyatlari;
–
transfert baholarni qo‘llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda
moliya sharoitlari va soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda);
–
davlat buyurtmalarini olish;
–
ITT imkoniyatlari o‘sishi;
–
yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport
xarajatlarini qisqartirish.
|