122
o‘rnatildi. Bu Buyuk Britaniyada ish kuni va uskuna ekspluatatsiyasining
mashina vaqti uzunroq davom etishi saqlanishiga ko‘mak berdi.
Dunyoda Yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay, Yapon
firmalari g‘arbiy menejment uslubidan, xususan, fransuz mahsulot ishlab
chiqarish va sotishni boshqarishni tashkil qilish uslubidan foydalanish
hollari ma’lum. Xususan, Yaponiyada yengil va yuk avtomobillari ishlab
chiqaruvchi ikkinchi “Nissan” kompaniyasi 90-yillar oxirida qiyin davrni
boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999-yilda “Reno” Fransuz
avtomobilsozlik firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul qildi. Alyans
mafkurachilaridan biri bo‘lib, oxirgi uch yil ichida “Reno”ni
muvaffaqiyatli restrukturizatsiya qilganligi uchun “Xarajatlar qotili”
nomini olgan “Reno‘ kompaniyasining yetakchi menejeri Karlos Gan
xizmat qildi.
Alyans doirasida Yapon kompaniyasi o‘z oldiga fransuz menejmenti
usullaridan foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish
quvvatlari va yetarli bo‘lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal
qilish va ilmiy ishlanmalarga xarajatlarni qisqartirish, yagona strategiyani
ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid qilish va shu kabilar bo‘yicha
kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo‘ydi. Bundan tashqari, strategik
jihatdan fransuz va Yapon kompaniyalari ta’sir doirasini kengaytirish
(“Nissan” kompaniyasining o‘rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno‘
kompaniyasi Yevropa bozorida yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan
yutadilar.
Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarini qisqartirishda g‘ayratli fransuz menejmenti prinsiplarining
ishchilarni bo‘shatish va ishlab chiqarish quvvatlarini qisqartirishni
olqishlamaydigan konservativ korporatsion an’analarga ega Yapon
menejmenti prinsiplari bilan to‘qnashish imkoniyatini ko‘rmoqdalar.