5.3. Osiyo menejment uslubi
Osiyo menejment uslubi g‘arbiy menejmentdan farq qiladi va
quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
–
turli “yumshoq” tuzilmalarga urg‘u berish, bunda firmalararo
munosabatlar tegishli kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki
kompaniya rahbarlarining ishonchi, o‘zaro tushunishi, qardoshlik va
do‘stona munosabatlar asosida olib boriladi;
123
–
menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini
muntazam oshirish; bo‘ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida
g‘amxo‘rligi;
–
kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va
sheriklarning bir-biriga ishonchi;
–
firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo‘shma hissa qo‘shish
muhimligini tushunish.
Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga
faqat bandlik va daromadni ta’minlab qolmay, balki o‘zini namoyon
etishga imkoniyat yaratadi, jamiyatda ma’lum o‘rinni egallashga
ko‘maklashadi, ya’ni mehnatni motivlashtirishni o‘zgartiradi. Yapon
firmalarida iqtidorli mutaxassisga uning g‘oyalarini rivojlantirish va
hayotga tatbiq etish uchun maxsus departament tashkil qilingan, firma esa
muvofiq tarzda o‘z faoliyat doirasini o‘zgartirgan yoki kengaytirgan hollar
ma’lum.
Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do‘stona va
jipslashgan jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab
chiqarish munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo‘shish,
menejment ratsional usullarini Shimoliy Amerika tipidagi individualistik
madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o‘zaro
tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo‘shib
uyg‘unlashtirish yordamida tashkil qilinadi.
Yapon menejmenti uslubining Amerikanikidan tubdan farqlanishiga
misol bo‘lib, ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin
yaqinlashib, muhokama qiluvchi Yapon tadbirkorlarining muzokaralar
o‘tkazish odatini keltirish mumkin. Ular avval sheriklar o‘rtasida o‘zaro
tushunish va ishonchga erishishga, so‘ngra asosiy muammolarni
muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga, munosib sheriklar
o‘rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi.
Mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha
g‘arbiy mutaxassislar o‘n yillab Osiyo, xususan, Yapon menejmenti
uslubini o‘rganadilar.
Unga bo‘lgan qiziqish hozirda ham susaymagan. Xususan, 1999-yil
avgustda “Ekonomist intillidjens yunit” tadqiqot markazi chop etgan
obzorga binoan “Nissan”, “Toyota”, “Xonda” Yapon avtomobillarini
ishlab chiqaruvchilar yiliga bir ishchiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar
soni bo‘yicha birinchi o‘nlikka kirgan. Masalan, Buyuk Britaniyadagi
“Nissan” kompaniyasi zavodi yiliga bir ishchiga 105 avtomobil ishlab
chiqaradi, Yevropada o‘rtacha unumdorlik 52 avtomobilni tashkil qiladi.
124
Yapon menejment uslubini o‘rganish asosida Yapon menejmenti
amaliyotiga quyidagi namunaviy chora-tadbirlar kiradi degan xulosaga
kelish mumkin:
– firmaning barcha xodimlari uchun ertalabki badantarbiya;
– ish vaqtida maxsus kiyim;
– har kuni konsensus usuli bilan qaror qabul qiluvchi rahbarlar
majlisi;
– kompaniyaga sodiqlikni unda ishlash sharti sifatida tarbiyalash;
– ishchi va xizmatchilarning ish vaqtidan tashqari ishlashga tayyorligi
bilan ishdagi muvafaqqiyatlari uchun albatta mukofotlash;
– ishchilar, menejerlar, kompaniya rahbarlaridan iborat “sifat
to‘garaklari” va “nol defektlar” guruhlarining amal qilishi (bu to‘garaklar
va guruhlarning maqsadi – firma normal faoliyati uchun to‘siqqa aylangan
maxsus muammoni hal qilish);
– rahbarlar va ishchilar uchun bitta oshxona va kompaniyaning barcha
xodimlari uchun “oilaviy” norasmiy ovqatlanishlar;
– departament rahbarlarida kabinet yo‘qligi, ular bo‘ysunuvchilarga
mehnatsevarlikni namoyish qilish uchun o‘z ish joyini ular bilan umumiy
xonada joylashtirishni istaydilar;
– mehnatga haq to‘lash va xizmat martabasining ko‘tarilishida asosiy
omil bo‘lib firmadagi ish staji hisoblanadi;
– ishga umrbod yollash;
– rahbarlarning bo‘ysunuvchilar bilan odobli muomala qilishi;
– katta omborxonalardan qutulish va firma xodimlarini intizomga
o‘rgatish imkoniyatini beruvchi aniq muddatda yetkazib berish amaliyoti;
– ishlab chiqarish jarayonida tanaffuslarni iloji boricha kamaytirish;
– ishchi va xizmatchilar nafaqaga chiqqanidan so‘ng ularning barcha
oila a’zolariga pensiya nafaqasini to‘lash.
Yaponiyada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni tashkil etish
xususiyatlariga “sogo shosha” savdo uylari va
subyetkazib
beruvchilarning katta rolini kiritish mumkin. Ikkinchi jahon urushidan
so‘ng “sogo shosha” tizimi Yaponiyada sanoatning tez tiklanishi va uning
dunyo yetakchilaridan biri darajasigacha zamonaviylashtirilishiga yordam
berdi. Zamonaviy Yapon sanoatining barpo etilishi eng rivojlangan
mamlakatlar tajribasini keng jalb etish yordamida amalga oshirilgan. U
vaqtda “sogo shosha” rivojlangan mamlakatlardan samarali texnologiyalar
va uskunalarni import qilish, so‘ngra esa boshlang‘ich materiallar va
Yaponiyada zamonaviylashtirilgan samarali mashina va uskunalarni
eksport qilish kanallari bo‘lib xizmat qildi.
125
90-yillar o‘rtasida “sogo shosha”ga Yapon eksportining 40 %dan
ortig‘i va importning 70 %ga yaqini to‘g‘ri keldi. Jahon bozorida “sogo
shosha”dan tashqari Yapon TMKlarining faoliyati kengayishi tendensiyasi
kuzatilmoqda. Ular o‘z tashqi iqtisodiy aloqalari, xalqaro marketing va o‘z
sotish tarmoqlarini tashkil qilmoqdalar. “Sogo shosha” ustunliklariga:
jahon bozorlari konyukturalarini o‘rganish, butun dunyo bo‘ylab yetkazib
beruvchilar va iste’molchilar bilan keng aloqalar, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
xorijda sotish tizimi, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar, xizmatlar,
kapitallar oqimini tashkil etish tajribasi, narxlar tizimi, mahsulot sifati,
mijozlarni bilish va yo‘lga qo‘yilgan yetkazib berish sxemasi, o‘rta va
kichik firmalar uchun ichki va tashqi bozorlarga chiqish sharoitlarini
yaratish kiradi.
Yaponiya sanoatida subyetkazib beruvchilar faoliyati tizimini
sxematik ravishda piramida ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Masalan,
Yapon avtomobilsozligida piramidaning yuqori qismida katta to‘rtlik –
Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari –
“Nissan”, “Toyota”, “Mitsubisi motors”, “Xonda”, piramidaning o‘rta
darajasida ularning 500 ta bevosita subyetkazib beruvchilari, pastki
darajada subyetkazib beruvchilardan 20 mingta , asosan, o‘rta va kichik
firmalar joylashgan.
Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham
namoyon bo‘ldi. Masalan, 90-yillar boshida “yaxshi didli, yosh qalbli va
yetarli daromadli kishilar uchun” avtomobillar ishlab chiqarish, german
“Porshe” kompaniyasi sotuvlarining keskin kamayishi va firma
rahbariyatining ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi ustidan nazoratni
yo‘qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va mustaqillikni yo‘qotishiga kelib
qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani Germaniya avtogigantlari –
“Mersedes-Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o‘z kamchiliklaridan nobud
bo‘lishdan ko‘ra, o‘zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g‘oyasi
va “Sin gidzyutsu” (tarjima qilinganda – yangi texnologiya) Yapon
maslahat firmasi mutaxassislarini taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon
mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni qayta qurdi. Natijada yig‘ma
konveyer qisqartirildi, bir necha maydonlar va yordamchi xonalar
yo‘qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 %ga kamaydi, avtomobil yig‘ish
sur’ati esa deyarli 40 %ga o‘sdi va ishlab chiqarish nosozligi (brak)
kamaydi.
Hal qiluvchi momentlardan biri bo‘lib, nemis intizomi va pedantizmi
o‘rniga Yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o‘rnatilishi
126
xizmat qildi. Mehnat avvalgi uskunalarda o‘sha ishchilar va muhandislar
yordamida amalga oshirilmoqda. Ishchi va muhandislar Yapon
menejmenti ta’sirida ratsionalizatsiya jozibadorligini anglab, har oyda
Yaponlar
tomonidan
zamonaviylashtirilgan
mehnat
jarayonini
takomillashtirishga qaratilgan ikki yarim mingta taklif– Тashabbuslar
taqdim qilmoqdalar.
Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab
chiqarish davrini tashkil etish nuqtayi nazaridan yangi “Porshe”
kompaniyasi vujudga kelishiga olib keldi. “Porshe” moliyaviy
qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko‘rmoqda va bozorga yangi model
– marketing taxmini bo‘yicha 50 ming AQSh dollari bahosida ikki o‘rinli
olti silindrli “Bokster” avtomobilini chiqarmoqda. Bundan tashqari butun
tarixi mobaynida ilk bor sport avtomobillari ishlab chiqarishdan tashqari
vezdexod va mikroavtobuslar chiqarishni mo‘ljallamoqda.
Boshqa misol – AQShda “Toyota” Yapon firmasi va “Djeneral
motors” Amerika korporatsiyasining qo‘shma korxonasi tashkil qilinishi.
“Nyu yunayted motor menyufekchuring ink.” (NYuMMI) nomli qo‘shma
korxona Frimont shahridagi (Kaliforniya shtati) zavodda joylashgan.
Yaponiyadagi
“Toyota” firmasida, AQShda “Djeneral motors”
korporatsiyasi zavodlarida va qo‘shma Amerika-Yaponiya “NYuMMI”
korxonasida
avtomobil
ishlab
chiqarishning
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini taqqoslash AQShda avtomobillar ishlab chiqarishga
Yapon menejmentining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi (1-jadval). Dunyoda eng
keng tarqalgan Yapon menejmenti usullarining ro‘yxati 2-jadvalda
berilgan.
|