Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Xulosalar 
 
1. Davlatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyasini amalga oshirishda 
keyinchalik davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli 
davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga 
intilish muhim turtki bo‘ladi. XX asr nihoyasida 100 dan ortiq davlatlarni 
qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy va xalqaro tadbirkorlik 
tuzilmalari manfaatlariga javob beradi, chunki: 

korxonalar faoliyatining geografik doiralarini kengaytirishga; 

tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini xalqaro 
ayirboshlashda chegaraviy to‘siqlarni bartaraf qilishga; 

masshtab effekti afzalliklarini realizatsiya qilishga; 

davlatlar o‘rtasida texnologiyalar almashish bo‘yicha bitimlar va 
yangiliklar kiritish oqimining o‘sishiga; 

integratsion guruh a’zo davlatlar kompaniyalarining ITTKIga 
xarajatlarini ko‘paytirish hisobiga raqobatbardoshligini mustahkamlashga 
yordam beradi. 
3. Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko‘rsatkichlari: 

mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi; 

integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning umumiy tovar 
aylanmasi hajmida ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi; 

integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning o‘zaro BXI hajmini 
ularning boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish; 

integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa 
davlatlar firmalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilish va qo‘shilishlar 
soni bilan taqqoslash.
 
Tayanch iboralar 
 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsiya jarayoni dinamikasi 
ko‘rsatkichlari, preferensiyalarning umumiy tizimi, eksportni “ixtiyoriy” 
cheklash, NAFTA, ASEAN, MERKOSUR. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish