ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
4.4. ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari 
 
1967-yilda 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
va 
madaniy 
hamkorlikni 
muvofiqlashtirish maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo 
rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy integratsion guruhi o‘zining 40 
yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik 
xususiyatlari bo‘yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o‘rtasida 
kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida 
AQSh, YeI va Yaponiyadan so‘ng dunyoda tovar aylanishi bo‘yicha 
to‘rtinchi o‘rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda. 
ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi 
rivojlanishiga ko‘maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan 
mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda 
namoyon bo‘ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan mahsulotlarda 
ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentlar ulushi 40 % dan 
kam bo‘lmasligi kerak. 
Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan 
Yapon industriyasi bilan bog‘langan sanoat tuzilmalarini o‘z sheriklari 
sifatida shakllantirish maqsadida o‘zining Osiyo filiallari va mahalliy 
yetkazib 
beruvchilar 
ishlab 
chiqarishini 
mintaqaviy 
ko‘lamda 
muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol qilib, “TOYOTA” 
firmasi 
avtomobillarini 
ASEANning 
to‘rtta 
mamlakatida 
ishlab 
chiqarilishini keltirish mumkin. 


112 
Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI 
asr boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi 
korxonalarga yuz foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin 
investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari mahalliy 
sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valyuta 
chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida 
ko‘pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo‘ljallanmoqda. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish