114
4.6. O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi
ishtiroki va TMKlarning imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston MDH, ShHT kabi yirik mintaqaviy
integratsiya birlashmalariga a’zo hisoblanadi. Dunyo tajribasiga asoslanib
shuni ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga transmilliy
korporatsiyalarni jalb qilish O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya
tuzilmalarida samarali va chuqur ishtirok etishining muhim omili bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
Markaziy Osiyo mintaqasi, MDH doirasidagi integratsiyalashuv
jarayonlarida o‘ziga xos xalqaro qo‘shma konsernlarni tashkil etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kompaniyalarning tashkil topishi,
hamkor mamlakatlarning sanoat ishlab chiqarish sohasidagi xo‘jalik
subyektlari
orasida
tarixiy
shakllangan
murakkab
kooperatsiya
aloqalarining qo‘llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo integratsiyasi va
MDH mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va
rivojlanishiga olib keladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, transmilliy korporatsiyalar
o‘zining tashkil topishi va faoliyat yuritish mexanizmi jihatidan xalqaro
xususiyat kasb etadi. TMKning xalqaro doirada faoliyat ko‘rsatishi uchun
esa ma’lum bir shart-sharoitlar va imkoniyatlar bo‘lishi talab etiladi.
Transmilliy korporatsiyalar uchun yaratilishi kerak bo‘lgan bunday
imkoniyatlarni, biz, bevosita O‘zbekiston a’zo bo‘lgan integratsiya
uyushmalaridan izlamog‘imiz darkor. O‘zbekiston miqyosida tashkil
etilishi lozim bo‘lgan transmilliy korporatsiyalarning xalqaro doirada
faoliyat ko‘rsatishi, bizning nazarimizda, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan
integratsiya uyushmalarining taraqqiyot yo‘nalishlari bilan uzviy
bog‘liqdir.
Bizning fikrimizcha, mazkur integratsiya uyushmalarida qatnashchi
mamlakatlar o‘rtasidagi har taraflama xo‘jalik aloqalarining chuqurlashuvi
ma’lum bir mintaqaviy bozorlarni shakllantirish kerak ekanligini talab
etadi. Chunki tashqi bozorlarsiz mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo
aloqalarini rivojlantirish imkoniyati chegaralangan bo‘ladi.
Shu
sababli
TMKning,
shuningdek,
xorij
investorlarining
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga kirib kelishi ob’yektiv zarurat
bo‘lib,
buni
biz
mamlakatlarning
xalqaro
mehnat
taqsimotida
qatnashuvida va ishbilarmon tadbirkorlarning va ko‘plab xorijiy
mamlakatlar kapitallarining erkin ishlab chiqarish sanoat tarmoqlariga
kirib kelishi jarayonlarida ham ko‘rishimiz mumkin.
115
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va
erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda, jahon bozorlarida
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarini va
boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini investitsiyalash jarayonlarining
borishida ko‘zga ko‘ringan TMKlar bilan hamkorlik qilish nihoyatda katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahon mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham
TMKlar investitsiyalarining kirib kelishi quyidagi omillarda namoyon
bo‘lishi mumkin:
–
respublikada iqtisodiy va texnik taraqqiyot darajasining o‘sib
va tezlashib borishida;
–
O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini yangilash va
modernizatsiyalashda;
–
respublikada ishlab chiqarish sanoat korxonalarini ilg‘or uslubiy
boshqaruv imkoniyatlariga ega bo‘lishligida;
–
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi mutaxassis-xodimlarni
respublikada tayyorlash imkoniyatining mavjudligi va hokazolarda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ko‘plab
xo‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlarni o‘tkazishda va bu
mamlakatlarni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishda TMKlar investorlarini
jalb qilish katta ahamiyatga egadir. Chunki tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, bir xo‘jalik tizimidan ikkinchi
bir siyosiy xo‘jalik tizimiga o‘tish jarayonida u yoki bu mamlakatlar
iqtisodiyotini ko‘tarish uchun juda katta investitsiya va boshqa moliyaviy
yordamlar talab qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi ham boshqa MDH
mamlakatlari kabi bu sohada o‘ziga xos muammolarga ega bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
–
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasini hududiy kattaligi (447,4
ming kv.km) va respublikada xalqaro transport kommunikatsiya
tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
–
ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarining (dastgoh va asbob-
uskunalar) eskirib qolganligi va hozirgi davr jahon standartlari, xo‘jalik
rivojlanishi talablariga javob bermasligi;
–
uchinchidan, respublikada qishloq xo‘jaligida yetarli resurslar
mavjudligiga qaramay (tabiiy va inson resurslari, iqlim sharoitlari va
hokazolar) past unumdorlik va hosildorlik darajasining saqlanib
qolganligi va hokazo.
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib
kelishi uchun qulay investitsion iqlim mavjuddir. Buni biz respublikani
barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida ko‘rishimiz mumkin.
116
AQSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Shvetsariya, Janubiy Koreya
va Turkiya kabi qudratli davlatlarning TMKlari va shuningdek, nufuzli
xalqaro moliyaviy muassasalar (YTTB, OTB, ITB va hokazo) bilan
O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida milliy sanoat korxonalariga, xizmat
ko‘rsatish
sohalariga
yangi
mashina-uskunalarni,
texnika
va
texnologiyalarni yetkazib berish, qishloq xo‘jaligini texnika bilan
ta’minlash borasida bir qator muhim hujjatlar imzolangan. Bundan
tashqari xo‘jalikni moliyalashtirish, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi
neft-gaz konlarini qidirish, o‘zlashtirish loyihalarini kreditlash bo‘yicha
qator bitimlar imzolangan. Ayniqsa, neft-gaz konlarini o‘zlashtirish
bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Yaponiya TMKlari
bilan bo‘lgan munosabatlarning faol rivojlanib borishi respublika
iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonning paxta xom-ashyosini tayyor mahsulot sifatida
xalqaro bozorlar talabiga javob beradigan darajada qayta ishlaydigan
to‘qimachilik sanoat korxonalarini tashkil qilishda Janubiy Koreya,
Turkiya,
Germaniya,
Shvetsariya
va
boshqa
mamlakatlarning
kompaniyalari bilan birga milliy kompaniyalar va banklar ham ishtirok
etmoqda. Respublikada tadbirkorlikni, kichik va o‘rta biznesni
rivojlantirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo
taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki bilan yaqindan hamkorlik qilish,
yangi kredit liniyalarini ochish respublika rivojida muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlari jalb qilinishi uchun
quyidagi omillar muhim rol o‘ynaydi:
- O‘zbekiston hududi tabiiy resurslarga – neft, tabiiy gaz, qurilish
materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga ega ekanligi;
Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi
texnologiyani tezda o‘zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning
mavjudligi;
– O‘zbekiston Respublikasida nisbatan arzon ishchi kuchining
mavjudligi;
– O‘zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko‘pligi;
–
Respublikada
iqtisodiyotni
modernizatsiya
qilish
va
erkinlashtirish, sanoat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarining jadal
sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar investorlarining
to‘liq qatnashish imkoniyatining mavjudligi va hokazo.
Respublikada
rivojlangan
davlatlarning
TMKlari
tomonidan
ko‘rsatilayotgan kapital mablag‘lar tizimining o‘sishi sanoat uchun zarur
117
bo‘lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyani sotib olish
imkoniyatini bermoqda.
|