6.2. Xalqaro biznesni axloqiy yuritishning asosiy belgilari
Xalqaro biznes bu turli davlatlardagi sheriklarning o‘zaro ishonchi
bo‘lib, busiz hamkorlikni amalga oshirish mumkin emas.
Biznesni axloqiy yuritishning 3 ta asosiy belgilari mavjud:
–
Biznesning o‘z maqsadlariga muvofiqligi.
–
Sog‘lom tafakkurga bo‘ysunish.
–
Oddiy madaniy prinsiplar asosida harakatlanish.
Xorijiy sharoitlarga moslashishning asosiy omili bo‘lib, mahalliy
aholi bilan og‘zaki, yozma va so‘zsiz vositalar (gavda tutilishi, mimika va
harakatlar) yordamida muloqot o‘rnatilishi hisoblanadi. Bunda estetika
me’yorlari - rang, dizayn, simvollar, didlar bo‘yicha millatlar tafovutlarini
hisobga olish zarur. Din xususiyatlari, hatto yangi texnologiyalarning
ishlab chiqarishga tatbiq qilinishiga ta’sir etishi mumkin. Katta oilalar va
qardosh guruhlar ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda firmalar, odatda, xodimlarni
yaxshi uy-joylar bilan ta’minlash, xodimlar farzandining ta’lim olishi,
sog‘liqni saqlashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga mas’ul.
Bunday xususiyatlarni hisobga olmasdan turib, xorijiy korporatsiya qabul
qiluvchi mamlakatlarda ziddiyatlardan xalos bo‘la olmaydi.
Qabul qiluvchi mamlakatlarda urf-odatlar, din, hukumat siyosati
omillarini hisobga olish muhim, chunki ular bayram kunlari, ishdagi
tanaffuslar, jins kamsitilishi, xizmat ko‘tarilishi, pensiyaga chiqish yoshi,
insonparvarlik maqsadlariga to‘lovlar miqdori, daromadlar taqsimlanishi,
mahalliy personalni tanlashni aniqlaydi. Masalan, Islom dini jumani diniy
bayram deb e’tirof etadi, besh vaqt namozni,-yildabir oy ro‘za tutishni,
kambag‘allarga daromadning bir qismini berishni nazarda tutadi. Induizm
ayrim toifa (kasta) vakillarining xizmat bo‘yicha ko‘tarilishiga qarshilik
bildiradi. Konfutsiylar xodim sifatlarini baholashda ularning malakasiga
emas, balki yoshiga ko‘proq e’tibor beradilar.
Shu bilan birga, xalqaro biznes etikasi o‘zining sog‘lom fikr va oddiy
insoniylik tushunchalari bilan barcha mamlakatlar va qit’alarga bir xil
darajada tarqalgan. Bir davlatda talabga ega bo‘lmagan, boshqa
mamlakatda iste’molchilarning daromadlari va didiga mos keluvchi
tovarlarni sotish axloqiydir. Masalan, hozirgi vaqtda past aholi turmush
darajasiga ega davlatlarda oq-qora televizorlarni eksport qilish axloqan
146
mumkindir. Shu bilan birga, biror mamlakatda inson salomatligi va atrof-
muhit uchun zararli deb hisoblangan tovarlarni hech qaysi bir mamlakatda
sotish mumkin emas.
Biznesda raqobat mumkin va axloqiy jihatdan qoralanmaydi. Biroq u
har doim sog‘lom fikr va oddiy insoniylikning jiddiy me’yorlari bilan
cheklangan bo‘lishi hamda obro‘ tushishiga olib kelmasligi kerak.
Vujudga kelgan sharoitlar ishlab chiqaruvchini nisbatan yuqori sifatli
tovarni ishlab chiqarib pastroq bahoda sotishga majbur qilishi mumkin.
Lekin hech bir vaziyat yolg‘on, tuhmat, o‘g‘rilik, jismoniy zo‘rlash va
qonunbuzarlikni oqlay olmaydi. Xususan, iste’molchilarni aldashga yo‘l
qo‘yilmaydi, chunki ular bilan munosabatlar reklama singari uzoq
muddatli yetkazib berishlar va sotuvlarga yo‘naltirilgan holda olib
borilishi kerak.
Yuqori baho natijasida doimiy yoki potensial iste’molchilar yetkazib
beruvchilardan uzoqlashsa yoki bemorlar mablag‘ yetishmasligi sababli
dorilarning yo‘qligidan vafot etsalar, foydani ko‘paytirishga intilish
oqlanmaydi. Bunday vositalar bo‘lg‘usi sotuvlar uchun sharoitlarni
yomonlashtirishi mumkin. Shuningdek, juda yuqori daromadlar bu
tarmoqqa yangi raqobatchilarni jalb qilishini e’tiborga olish zarur.
Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishbilarmonlik, shu jumladan,
buxgalterlik hisob-kitoblarini ham haqqoniy bo‘lishini anglatadi. Moliya-
biznes tili, shu sababli menejerning moliyaviy hisoboti haqqoniy, oqilona,
ishonchli bo‘lishi kerak, uning ma’nosi ham shunda. Ishbilarmonlik
bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish uchun shart-sharoit bo‘lib, quyidagi 3
ta talab hisoblanadi:
Moliyaviy hisobot tuzilayotgan qoidalar to‘g‘ri va real vaziyatlarga
javob berishi kerak.
Bu qoidalar korporatsiyaning barcha bo‘limlari uchun bir ko‘rinishda
bo‘lishi kerak.
Hisobotlarda faqat ishonchli, tekshirilgan ma’lumotlardan foydalanish
zarur.
Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlarida tadbirkorlik faoliyati uchun
poraxo‘rlikning zarurligi to‘g‘risidagi keng tarqalgan fikr yirik
tadbirkorlar tomonidan rad etilishi kerak. Poraxo‘rlik bu ma’naviyatsizlik
va axloqsizlikdir. Pora oluvchilar va pora beruvchilar oxir-oqibatda doim
fosh etiladi va o‘z obro‘sini yo‘qotadi.
Shunga qaramay, afsuski, hozirgi vaqtda faqat rivojlanayotgan
mamlakatlarda emas, butun dunyoda poraxo‘rlik tarqalgan. Jahon
biznesida poraxo‘rlik, odatda, katta bo‘lmagan joriy shartnomalarni
147
bajarish sharoitlariga qaraganda poraxo‘r va pora beruvchilarning fosh
etilishiga kamroq imkoniyat yaratuvchi yirik ko‘lamli loyihalarni bajarish
vaqtida avj oladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda
avtomobilsozlik sanoatida xalqaro biznes birinchi navbatda Amerika
kompaniyalari bitimlar ochiqligining amaliyotda qo‘llanishi, shuningdek,
Yapon ishlab chiqaruvchilarining o‘z Yevropa yetkazib beruvchilariga
qo‘yayotgan qattiq talablari natijasida poraxo‘rlik va ta’magirlikdan ancha
tozalandi.
Shu bilan bir vaqtda 90-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy munosabatlar-
dagi poraxo‘rliklar bilan bog‘liq janjallar haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Amerika ekspertlari xalqaro poraxo‘rlik hajmini ulkan miqdorlar bilan
baholaydilar: faqat 1997-yilning o‘zidayoq 60ta yirik xalqaro bitimlarda
poraxo‘rlik aniqlangan. Poralarning umumiy miqdori 30 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etgan. “Shpigel” jurnali chop etgan maqolada
“Folksvagen” va “Djeneral motors” avtogigantlarining xaridlar bo‘yicha
bo‘limlari vakillari foydali shartnomalar imzolashdan manfaatdor yetkazib
beruvchilardan muntazam pora talab qilishda ayblanadilar.
Xususan, “Shkoda” firmasi (nemis kompaniyasining chex bo‘limi)
uchun bo‘yash zavodini qurish loyihasida ishtirok etuvchi “Folksvagen”
kompaniyasi xaridlar bo‘limining 3ta menejeriga ayb qo‘yilgan edi.
Ma’lum mukofot uchun bu menejerlar “Ey-Bi-Bi” Shvetsariya firmasiga
foydali
kontrakt
tashkil
etishni
taklif
qildilar.
“Folksvagen”
kompaniyasining rahbariyati ularni ishdan chetlashtirdi va bu ish tergovini
nemis prokuraturasiga topshirdi.
Poraxo‘rlik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ayrim davlatlarda ham
namoyon bo‘lmoqda. Masalan, Mongoliyada 80-yillarda hatto
“poraxo‘rlik” so‘zi ham yo‘q edi. 90-yillar oxirida bu illat ayniqsa,
hukmron tabaqalar orasida keng tarqaldi. Mutaxassislar Mongoliyada
pora berish va olishning 48 ta sababini keltiradilar. Ular orasida yuqori
lavozimga tayinlash, bojxona va chegara xizmatini sotib olish kabilar
mavjud. Mamlakatda poraxo‘rlikka qarshi kurash bo‘yicha yirik xorijiy
mutaxassislarning ishtirokida seminarlar o‘tkazilmoqda.
Ministrlar va parlament vakillari bu illatga qarshi kurashishda tajriba
almashish uchun xorijga chiqmoqdalar. Mongoliya hukumati korrupsiyani
mamlakat xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi.
Xorijiy shartnomalar taqdirini hal qiluvchi rasmiy shaxslarni sotib
olish amaliyotiga barham berish uchun tarkibiga 29 ta eng rivojlangan
mamlakat, shuningdek, Argentina, Braziliya, Bolgariya, Chili va
Slovakiya kiruvchi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga
148
a’zo mamlakatlar 1997-yilda xalqaro biznes sohasida xorijiy
mansabdorlarni sotib olish bilan kurashish haqidagi konvensiyani
imzoladilar. Konvensiya pora beruvchilarga qarshi kurashishga qaratilgan
bo‘lib, a’zo mamlakatlar ularni jinoiy tartibda jazolashlari, shuningdek,
bunday holatlarni aniqlash bo‘yicha hamkorlik qilishlari zarur.
Hatto poraxo‘rlik avj olgan Lotin Amerikasi ham o‘zining bunday
noma’qul obro‘siga chek qo‘yishga qaror qildi. Amerika davlatlari
tashkilotiga (ADT) a’zo 21 ta mamlakat yetakchilari bitim imzolash
uchungina amalga oshirilayotgan va jinoyat deb hisoblangan
poraxo‘rlikni tugatish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma
imzoladilar. Ushbu xalqaro qonun bo‘yicha ayblanayotgan shaxslar
jinoyat sodir etgan mamlakatga qaytarilishi mumkin. Shuningdek, lotin
Amerikaliklar xalqaro tergovchilar uchun zaruriy axborot xususida
bank sirlari haqidagi qonunga rioya etmaslikka rozilik berdilar.
Bitim to‘g‘risidagi ADT shartnomasida “o‘z rasmiy vazifalarini
bajarish chog‘idagi qonuniy daromadlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri
tushuntirib bo‘lmaydigan” tarzda vujudga kelgan mablag‘lar egasiga
aylangan rasmiy shaxsni jinoyatchi deb hisoblash to‘g‘risidagi band
mavjud. Bu hujjat juda dolzarb bo‘lib qoldi. 90-yillar oxirida Meksika
va Kolumbiyada yuqori mansabdor shaxslarni poraxo‘rlikda ayblash
bo‘yicha sud jarayonlari o‘tdi. Argentinada shu davrda “IBM”
korporatsiyasining Argentina filialining sobiq rahbariga qarshi ayblovlar
qo‘yildi. U 250 mln. AQSh dollarilik kontrakt imzolash uchun yirik
pora bergan.
ADT kongressida AQSh delegatsiyasi “shubhalanuvchi o‘z
aybsizligini isbotlashga majbur emas” degan AQSh konstitutsiyaviy
prinsipiga zid bandga ega bo‘lgan ADT shartnomasini imzolash
vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi. Shunga qaramay, AQSh 1977-
yildayoq xorijiy korrupsiya amaliyoti haqidagi qonunni qabul kilgan.
Ushbu qonunga binoan AQSh fuqarolari har bir xorijiy shaxslarga
ishbilarmonlik bitimini amalga oshirish uchun pora berish jinoyat
hisoblanadi.
|