150
tizimi”ni tashkil etadi. Ko‘pincha bu qoidalarning
uslubiy negizini
“Axloq kodeksi” tashkil etib, ularni ishlab chiqish bo‘yicha Xalqaro
savdo palatasi (XSP) 80 yillik tajribaga ega. Ularga huquqiy qurollarning
umumiy to‘plami, intellektual
mulkni himoya qilish usullari, tamagirlik
va poraxo‘rlikka qarshi kurash usullari, samarali soliqqa tortish
mexanizmlarini
yaratish, bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar, tijorat bahslarini arbitraj orqali hal qilish tajribasi kiradi.
Ko‘pchilik tadbirkorlarning “Axloq kodeksi”ga qo‘shilishidan
manfaatdorligi sabablariga ularning xalqaro ko‘lamda tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishini yengillashtiruvchi sharoitlarni yaratishga va doimiy
o‘zgarib turuvchi jahon tovarlar va xizmatlar bozori kon’yunkturasi
sharoitlarida o‘z korxonasining xavfsizligiga intilishi kiradi.
Xulosalar
1. Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning
oldini olish imkoniyatini beradi. Global menejer
malakasi iqtisodiy va
texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga
kirishuvchanlikni ham o‘z ichiga olishi kerak. U o‘z faoliyatining ijtimoiy
oqibatlarini hisobga olishi shart.
2. Xalqaro menejer o‘z faoliyatini faqat xo‘jalik muvaffaqiyatiga
erishishga yo‘naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik
fikrini inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy
guruhlari – xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari,
mahalliy aksionerlar,
hukumat mansabdorlari, kasaba uyushmasi
rahbarlarini o‘z faoliyatining foydaliligi, to‘g‘riligi va bezararligiga
ishontira olmaganda ziddiyatlar tug‘iladi.
3. Axloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo‘lib,
qabul
qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot
xususiyatlarini o‘rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan
natijalarning real
emasligi, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro tushunishga
intilmaslik, muammolar va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o‘rganmay
turib, xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni uzish hisoblanadi.
4. Biznesni axloqiy yuritishning 3 belgisi:
–
biznesning o‘z maqsadlariga mosligi;
–
sog‘lom tafakkurga itoat etish;
–
oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo‘yicha harakat qilish.
5. Moliyaviy faoliyat
etikasi barcha ishga doir, shu jumladan,
buxgalterlik hisob-kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir.
151
6. Poraxo‘rlik doim ma’naviy qoralanadi va axloqsizlikka kiradi.
7. Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni
xohlovchilar uchun tadbirkorlarning milliy va xalqaro uyushmalari xulq-
atvor qoidalari va “Axloq kodeks”larini ishlab chiqadilar.