163
Fondlar tarixida 90-yillar eng shiddatli davr bo‘ldi. Mamlakatda fond
bozorlarining shiddat bilan o‘sishi shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bunda aholi
orasida paychilarning ulushi 1980-yildagi 6 %dan 1998-yilda 44 %ga
o‘sdi.
Rossiyada dastlabki PIFlar 1996-yilda paydo bo‘ldi, lekin o‘sha
vaqtda paychilar soni bir necha yuz kishidan oshmadi. Mamlakatda
iqtisodiy o‘sish 2000-yildan boshlab aholining qo‘lida jamg‘armalar
paydo bo‘lishiga
olib keldi, Rossiyada deyarli barcha PIFlar esa juda
yuqori, ya’ni inflyatsiya darajasidan yuqoriroq bo‘lgan daromadlilikni
ko‘rsatdi, bu esa aholining ularga nisbatan ishonchini tikladi. 2003-yilning
oxirlariga kelib, Rossiyada148
ming PIF faoliyat olib bordi, ularning sof
aktivlari esa 100 mlrd. rublga yetdi. Hozirgi kunga kelib, mamlakatda 300
dan ortiq PIF faoliyat yuritmoqda.
Qozog‘istonda dastlabki PIF 2004-yilning oxirlarida tashkil etildi.
Hozirgi kunga kelib esa 200 dan ortiq PIF va 50 dan ortiq boshqaruvchi
kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.