• IV bosqich III bosqich II bosqich I bosqich
  • -rasm. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o‘tish




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

     
    8.1-rasm. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o‘tish 
    evolyutsiyasi 
     
    Ikkinchi bosqichda har xil davlatlardan bo‘lgan hamkorlar orasidagi 
    munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko‘rsatkichi 
    bo‘lib, ikki
     
    yil va undan ortiq muddatga mo‘ljallangan uzoq muddatli 
    shartnomalar xizmat qilishi mumkin. Bir qator hollarda bunday 
    Transmilliy kompaniya 
    Qo‘shma korxonalar 
    Bevosita xorijiy 
    investitsiyalar 
    Кonsorsiumlar 
    Litsenzion 
    bitimlar 
    Eksport-import 
    bitimi 
    Eksport-import 
    bitimi 
    Eksport-import bitimi 
    IV bosqich 
     III bosqich 
     II bosqich 
    I bosqich 


    167 
    shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib chiqilishi, asbob-uskunalar-
    ning yetkazib berilishi, texnologiyalarning o‘tkazilishi, shuningdek, fan-
    texnikaviy hamkorlikni ko‘zda tutadi.
     
    Uzoq muddatli shartnomalar eksporter uchun sifati sotib oluvchiga 
    ayon bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini 
    ta’minlash nuqtayi nazaridan jozibali hisoblanadi. Bundan tashqari 
    eksporterlar transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli doimiy 
    kelishuvlar tuzish yo‘li bilan transport xarajatlarini qisqartirish hisobiga 
    o‘z mablag‘larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama, xaridorlarni 
    qidirish, ko‘p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash xarajatlarisiz 
    tijorat xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. 
    Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum 
    bo‘lgan va o‘zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar 
    yetkazib 
    berilishi 
    barqarorligini 
    ta’minlaydi. 
    Rivojlanayotgan 
    mamlakatlardan xomashyo tovarlari import qilingan holatda importerlar 
    eksporterlarga kapitalni ssudaga berish, so‘ngra esa ma’lum darajadagi 
    foizlar bilan uzoq muddat mobaynida o‘zining yoqilg‘i, xomashyo 
    materiallariga bo‘lgan talablarini barqaror ta’minlash uchun uni mahsulot 
    shaklida qaytarish imkoniyatiga egadir. 
    Hamkorlikning keyingi bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsi-
    yalar, litsenziyaviy kelishuvlar, konsorsiumlar (ma’lum bir maqsadlarni 
    amalga oshirish, ko‘pincha tashqi bozorga birgalikda kirish uchun o‘zaro 
    konfidensial kelishuvlar bilan bog‘langan hamkor-ishtirokchilarning 
    vaqtinchalik birlashuvidir) tuzish amalga oshiriladi. Bu bosqichda har xil 
    mamlakatlardan bo‘lgan hamkorlar bir-birlariga baho berishgan, bir-
    birlarining ishonchliligiga va ish yuzasidan shartnomalarni tuzishni davom 
    ettirishning maqsadga muvofiqligiga ishonch xosil qilishgan. 
    O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-
    sonli “Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston 
    Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish 
    tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini 
    ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar bo‘yicha 
    majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining 
    quyidagi vazirlik va idoralari zimmasiga yuklangan:

    tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, 
    investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish hamda texnik 
    yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha – Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
    investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga; 


    168 

    investitsiya va valyuta-moliya hamkorligi masalalari bo‘yicha - 
    Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
    vazirligi, Markaziy Bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasiga; 

    soliqqa tortish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik 
    masalalari bo‘yicha – Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi 
    iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga; 

    davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni 
    e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘yicha - 
    Davlat mulk qo‘mitasi, Adliya vazirligiga; 

    fan-texnikaviy hamkorligi, shuningdek, huquqiy muhofaza va 
    intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo‘yicha - 
    Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy 
    aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligiga. 
    Jahon amaliyotida litsenzion bitimlarning imzolanishi, texnologiyalar 
    bilan almashinuv, xalqaro fan–texnika kooperatsiyasi bir-birlarining 
    sanoat, tijorat, tadqiqot salohiyatlaridan to‘liqroq foydalanish imkonini 
    beradi. Bunda litsenzion bitimlar texnologiyalar bilan almashinish, barter 
    va kompensatsiya bitimlari uchun qurol sifatida keng ishlatiladi. 
    Uchinchi davlatlar bozorlarida konsorsium tarkibida birgalikda o‘z 
    tovar va xizmatlari bilan ishtirok etish hamkorlarga turli buyumlar va 
    komplekt uskunalarning birmuncha keng assortimentini taklif etish, 
    qaltisliklarni o‘zaro taqsimlash, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha, 
    texnologiyalar 
    va 
    nou-xaular 
    bilan 
    o‘zaro almashuv bo‘yicha 
    imkoniyatlarni 
    kengaytirish, 
    shuningdek, 
    moliyaviy 
    resurslarni 
    birlashtirish hisobiga o‘z faoliyati uchun zaruriy moliyalashtirishni 
    ta’minlash imkonini beradi. 
    Ko‘pincha konsorsiumlarga yakka o‘zi tashqi bozorga chiqish 
    imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki eksport sanoati uchun zarur uskunalar 
    bilan jihozlanmagan katta bo‘lmagan kompaniyalar birlashadi. Bu 
    muammolarni ular birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 
    uchun mamlakat ichki bozorida o‘ziga o‘xshash kompaniyalarning kuchi 
    va resurslarini birlashtirish yo‘li bilan hal etadilar. Ba’zan o‘z tovarlari 
    sotilishi uchun birlashgan marketing guruhini ham tuzadilar. Hozirgi 
    vaqtda meva, go‘sht, sut mahsulotlari savdosi bo‘yicha agrar sektor 
    korxonalari uyushmalari eng keng tarqalgan. 
    Uchinchi bosqich qo‘shma korxonalarni tuzish bosqichidir. Ular har 
    xil davlatlarga mansub hamkorlarni faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat yoki 
    tijorat firmalariga ega bo‘lgan hamkorning mamlakatida zarur bo‘lgan 
    binolarni qurmasdan va ularda uskunalarni o‘rnatmasdan tezda 


    169 
    birgalikdagi faoliyatni boshlash mumkinligi bilan jalb etadi. Lekin 
    qo‘shma xalqaro tadbirkorlikning ko‘pchilik ustunliklari va ochilayotgan 
    imkoniyatlariga qaramasdan hamkorlar o‘z mustaqilligining bir qismini 
    yo‘qotadi va barcha xatti-harakatlarini bir-birlari bilan kelishib amalga 
    oshirishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini 
    qiyinlashtiradi va cho‘zib yuboradi. Bundan tashqari qo‘shma korxona 
    xalqaro hamkorlikning vaqtinchalik shakli hisoblanadi. Qo‘shma 
    tadbirkorlik sohasida ish yurituvchi maslahatchi firmalarning izlanishlari 
    qo‘shma korxona faoliyatining o‘rtacha muddati to‘rt yil ekanligini 
    ko‘rsatadi. 
    Qo‘shma korxonalar faoliyati jarayonida, odatda, bir hamkor nisbatan 
    kuchliroq bo‘lib boradi va kuchsizini o‘ziga qo‘shib oladi. Rasmiy
    hujjatlarda bu “firmalar qo‘shilishi” deb ta’riflanadi. Bir qator maslahatchi 
    firmalarning fikriga ko‘ra, kompaniyalarning birlashuvini sanoatdan emas, 
    balki injiniring, marketing va tijorat munosabatlaridan boshlash maqsadga 
    muvofiq. Chunki bu sohalar qo‘shilishining samaradorligi sanoat 
    quvvatlari qo‘shilishi samaradorligiga nisbatan ikki barobar oshishi 
    mumkin.
    Firmalar qo‘shilishi haqidagi qaror oylab davom etadigan puxta 
    hisob-kitoblar va muzokaralardan so‘ng qabul qilinadi. Birlashishni o‘zaro 
    kelishib olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
    1. Harakatlarning strategik rejasini aniqlash. 
    2. Rahbariyatdagi o‘rinlarning muvozanatli taqsimotini, shtab-kvartira 
    va ITTKI markazlarining qayerda joylashishini aniqlash bilan boshqaruv 
    tizimini o‘zaro kelishib olish. 
    3. Yagona kompaniyaga birlashayotgan hamkorlarning aktivlarini 
    baholash. 
    4. Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan qo‘shilishni kelishib 
    olish. 
    Firmalar qo‘shilishining muvaffaqiyatli ko‘rsatkichi bo‘lib ishlab 
    chiqarish va tijorat operatsiyalari hajmining 10-20 foizga o‘sishi, mahsulot 
    ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 10-20 foizga kamayishi
    hisoblanadi. 
    Har xil davlatlardan bo‘lgan hamkorlarning yagona kompaniyaga 
    birlashish natijasi transmilliy kompaniyaning (TMK) shakllanishidir. 
    Kompaniyaning transmilliylashtirish darajasi quyidagi transmilliylash-
    tirish indeksi bilan ifodalanadi. 
    I = (XA/UA + XC/US + XSh/USh) : 3 


    170 
     
    bu yerda: I – transmilliylashtirish indeksi; 
    XA – xorijiy aktivlar; 
    UA – umumiy aktivlar; 
    XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi hajmi; 
    US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi hajmi; 
    XSh – xorijiy shtat; 
    USh – umumiy shtat. 

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o‘tish

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish