8.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
TMKlar
zamonaviy
jahon
iqtisodiyotining
eng
dinamik
subyektlaridan biri bo‘lib, paydo bo‘lish davridan beri jiddiy taraqqiy etdi.
Ular “kolonial-xomashyo TMKlardan boshlab global kompaniyalargacha
rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning son va sifat jihatidan
o‘sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30-yillarda ularning soni 300 ta
bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi
11
.
80-yillarda yetakchi TMKlar global kompaniyalarga (to‘rtinchi avlod
TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion dinamizm, ichki
korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi faoliyat
sohalari va yo‘nalishlarini faol izlash bilan ifodalanadi. XXI asr boshlarida
global korporatsiyalar orasida xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va
ayrim mutaxassislar juda katta korporatsiyalarni (JKK) alohida ajrata
boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 800 tani tashkil
etadi. Ushbu kompaniyalar o‘z qo‘lida zamonaviy moliyaviy-sanoat,
texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK “jahon
iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real
omillarini” ifodalaydi.
Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo‘lib,
TMKlarning turli shakllardagi qo‘shilishlari va qo‘shib olishlari (inglizcha
Mergers and acquisitions – M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni
strategik alyanslari) namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayon kompaniyalar
o‘rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o‘zgartirib yubormoqda. Natijada
ta’sir ko‘rsatish hududlarini birgalikda taqsimlash boshlanmoqda,
birgalikda iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati
birlashtirilmoqda.
TMKlar ishtirokida qo‘shilishlar va qo‘shib olinishlar shaklida
kapitalning xalqaro birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX – XXI asrlar
11
UNCTAD World Investment Report -2009.
171
bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuviga
ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilga aylandi.
Amalda korxonalarni sotish-sotib olishga ixtisoslashgan global bozor
shakllandi va faol rivojlanmoqda (bunda korxonalarni sotib olish istagini
bildirganlar uni sotuvchilarga qaraganda ko‘proq). Hozirgi faollik, asosan,
global bozor tendensiyalariga, arzon zayom vositalariga, xomashyo
tovarlariga yuqori talabga va BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy)
mamlakatlarida yirik korporatsiyalarning paydo bo‘lishiga asoslanadi.
Uning yana bir xususiyati bo‘lib, to‘g‘ri investitsiyalar fondlarining jadal
faoliyati hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori
hisoblanadi. XXI asrning boshiga kelib 700 mingdan ortiq o‘z xorijiy
filiallarini boshqarayotgan 80 mingdan ko‘p kompaniyalar ro‘yxatdan
o‘tgan. TMKning qo‘l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining
taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 %ga yaqini mujassamlangan.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun
xomashyo savdosi, shu jumladan bug‘doy, kofe, jo‘xori, o‘rmon
materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va
boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom
neftning 75 %i nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika
sohalarida patentlangan va tatbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 foizi
to‘g‘ri keladi.
TMKning umumiy valyuta zaxirasi jahonning barcha markaziy
banklarining birgalikdagi zaxirasidan bir necha barobar ko‘p. Xususiy
sektorda bo‘lgan pul miqdorining 1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy
valyutalarining o‘zaro paritetini o‘zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi,
ko‘pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, xorijiy
sarmoyalar lokomotivi bo‘lib qatnashadi va milliy chegaralardan qat’i
nazar strategik qarorlar qabul qiladi.
Yirik TMKlar ko‘pincha o‘z faoliyatini fan-texnika taraqqiyotini
belgilovchi tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-
yillarning oxirida kompaniyaning 100 ta yirik TMKlar ro‘yxatiga kirgan
kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15 %dan yuqorirog‘i to‘g‘ri keladigan
elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu ro‘yxatlarda kimyo,
qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o‘rinlarni
egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira
turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to‘g‘ri va portfel
172
sarmoyadorlar, samarali texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat
migratsiyasining rag‘batlantiruvchilari sifatida ishtirok etadi.
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati
bo‘yicha birinchi o‘rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni
turar edi. Ushbu kompaniyadan tashqari yirik TMKlarning birinchi
o‘nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1 ta Germaniya, 1 ta Shveysariya
kompaniyalari kirar edi. 1995-yilda dunyoning nisbatan qudratli 100 ta
TMKlari ro‘yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan
chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de
Venesuela” (Venesuela) kompaniyalari paydo bo‘lishdi.
Yangi industrial davlatlarning (YaID) birinchi “to‘lqini” orasida yirik
Osiyo kompaniyalari, birinchi navbatda Gonkong (2008-yilda dunyoning
500 ta eng yirik TMKlari reytingida 10 ta), Janubiy Koreya (FT – 500
reytingida 5 ta), Tayvan va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga
erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida Braziliya – 11 TMK ajralib turadi.
Biroq YaIDlarga tegishli kompaniyalarning transmilliylashuvi jahon
bozorlarida harbiy TMKlarning mavqelarini jiddiy pasaytira olmadi.
2004-yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni xarid qilish bozorlarida
rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004-yildan boshlab,
rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan
mamlakatlar kompaniyalarining bozorlarini egallash jarayoni boshlandi.
Ushbu jarayonda Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan
mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o‘ynamoqda. 2007-yilda ilk
bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi
aktivlarni xarid qilish hajmi rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining
rivojlanayotgan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq
bo‘ldi.
2014-yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida Xitoy va
Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi o‘rinda
turgan Buyuk Britaniya bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo‘lgan
korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi
12
. 2008-yilda Xitoy FT-500
reytingining birinchi o‘nligidagi o‘z mavqeyini yanada oshirib, 3 ta
kompaniyaga yetkazdi (2006-yilda ushbu reytingga bitta ham Xitoy
kompaniyasi kiritilmagan edi). Xitoy va Gonkong kompaniyalarining
umumiy kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va birinchi
o‘rinda mahkam o‘rnashib olgan AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
AQSh bu ro‘yxatda kompaniyalar soni (169 ta), ularning umumiy
12
FT-500 – «Financial Times» tomоnidan e’lon qilinadigan dunyoning 500 tа eng yirik TMKlari reytingi.
173
kapitallashuv darajasi (9,6 trln. AQSh dollari) bo‘yicha ham so‘zsiz
yetakchilik qiladi.
XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv
jarayoni kuchaydi. Ular Osiyo va Afrika bozorlaridan so‘ng 80-yillarda
Yevropa bozorlariga ham o‘z yig‘uv ishlab chiqarishlarini joylashtira
boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta mamlakatdagi 1000 dan ortiq
qo‘shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy qismi eng yirik
savdo sheriklari bo‘lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya,
Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga to‘g‘ri keladi. Hind kapitali
yuqori konsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta eng
yirik (Birla, Tata, Singxaniya, Shoxibog‘ va hokazo) savdo-sanoat
uylarining hissasiga Hindiston korporativ sektorini to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarini 75 % to‘g‘ri keladi.
Janubiy
Koreya,
Xitoy
va
Hindiston
kompaniyalarining
transmilliylashuv modellari tashqi jihatdan o‘xshashligiga qaramay ayrim
farqlanishlarga ega. Masalan, hind kompaniyalarining transmilliylashuv
jarayoni ko‘p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular transmilliylashuvning
savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o‘tishdan oldin boshqa
kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat
ko‘rsata boshlagan. Janubiy Koreya va ayniqsa, Xitoy kompaniyalarining
transmilliylashuv jarayoni esa xalqaro bozorlarga jadal kirib borish
xususiyatlari bilan ifodalanadi. Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar
transmilliylashuv jarayonining boshlang‘ich bosqichlarida turibdi.
90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni
boshlanib, uning bosqichlari va xususiyatlari jihatidan biznesning
baynalmillashuvi va transmilliylashuvining klassik modeliga to‘liq mos
kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli
ravishda davlat ko‘magisiz amalga oshirildi. Rossiya kompaniyalari
transmilliylashuv jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg‘i-energetika
majmuasi (YoEM) eksport tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi bilan
tavsiflanadi. Xorijiy ekspansiya natijasida Rossiya kompaniyalari katta
hajmdagi moliyaviy mablag‘larining xorijga yo‘naltirilishi mamlakat
xususiy tashqi qarzdorligini oshirmoqda (2008-yilda400-450 mlrd. AQSh
dollari).
2011-2013-yillarda 25 ta yetakchi Rossiya kompaniyalari xorijdagi
o‘z aktivlarini ikki barobar ko‘paytirdi. Global yetakchilikka intilayotgan
kompaniyalarga UC Rusal, Severstal, Yevraz, Gazprom, LUKoyl va
YoEMning boshqa kompaniyalarini kiritish mumkin. So‘nggi yillarda
Rossiya kompaniyalarining xalqaro reytinglardagi ishtiroki kuchayib
174
bormoqda (Forbes va Finantial Times reytinglarida mos ravishda 29 va
13 ta kompaniya kiritilgan). Ularning soni bo‘yicha BRIK mamlakatlari
orasida Xitoydan keyin turadi.
Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshqa BRIK
mamlakatlaridagi mazkur jarayonlardan ilmiy va texnik-texnologik
bazaning, boshqaruvchi mutaxassislar tayyorgarligining nisbatan yuqori
darajasi;
90-yillardagi
keskin
o‘zgaruvchan sharoitlarga yuqori
moslashuvchanlik
darajasi;
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
tizimining past darajasi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.
2007-2008-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv
jarayoniga nisbatan davlatning siyosatida ayrim siljishlar boshlandi
13
.
Milliy korporatsiyalar xalqaro faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash
shakllariga
siyosiy-diplomatik,
moliyaviy-iqtisodiy
va
marketing
jihatdan
yordam
ko‘rsatish
usullarini,
xorijda
xorij
investitsiyalari bo‘yicha milliy agentliklarni tashkil qilish, xorijdagi
investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillari to‘g‘risidagi maxsus
qonunning mavjudligini kiritish mumkin. Rossiya hukumati milliy
biznesga , asosan, “yumshoq” yordam ko‘rsatadi. Masalan, 1991-2005-
yillarda Rossiya tomonidan 57 ta ikkitomonlama kapital qo‘yilmalarni
rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash to‘g‘risidagi hukumatlararo
kelishuvlar imzolanib, ulardan 36 tasi kuchga kirgan (taqqoslash uchun
Xitoy 2006-yilda 116 ta shunday kelishuvga ega edi).
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka
erishishda tobora ko‘proq “yangi iqtisodiyot” omillari (brendlar, gudvillar,
tarmoqli
texnologiyalar,
noan’anaviy
marketing
va
hokazo)
qo‘llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy biznesning xorijdagi
faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashning
yangi
zaruriy
infratuzilmasini
shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda
umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo‘yicha korxonalarni joylashtirib,
sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har
xil
davlatlarda
joylashgan
korxonalarning
texnologik
davrini
birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy
strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki
undan ko‘p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari
umumiy xususiy mulk bilan bog‘liq. Har bir TMKda bir-biriga bog‘liq
13
RF Prezidenti D.А. Medvedevning Krasnodardagi nutqi. Ведомости 18.09.2008.
175
korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning
taqsimlanishi kelishib olingan.
TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga asoslangan:
1. Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan–
texnikada yangilik kiritish bo‘yicha mutlaq ko‘pchilik patentlarga egalik
qilish.
2. Butun dunyo bo‘yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim
va arzon ishchi kuchining qulay kombinatsiyasi bilan firmalarning
joylashish ustunliklaridan foydalanish.
3. Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing
tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan
foydalanish.
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog‘i
bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo‘ladi, chunki:
–
ular o‘zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko‘p foyda
keltiruvchi mamlakatlarga ko‘chiradilar;
–
sharqdan g‘arbga yo‘nalishi bo‘yicha sutkasiga 24 soat jahon
moliya bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan,
kunning so‘nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya elektron aloqa orqali
jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi.
Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o‘tgan 12 soat uchun
bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday
qilib bitta TMK miqyosida to‘xtovsiz tartibda ITTKIning bajarilishi,
dasturlashtirish va hokazolar tashkil etiladi;
–
qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va
investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda
investitsion qaltisliklarni o‘z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday
qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning
bu mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar
yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul
qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
–
xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro
moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag‘lardan nisbatan manfaatli
shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat
ustunliklaridan biri bo‘lib, bosh kompaniyaning izlanish markazi
tomonidan o‘tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi.
Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to‘lovlarning
176
70 %ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy
filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI
o‘tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida o‘z izlanish markazlarini
ko‘proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko‘chirishmoqda. Agar oldin
izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari, odatda, bosh kompaniya
joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo‘lsa, XX asrning oxirida
xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK
izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni
minimal xarajatlar bilan o‘tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy
potensialga ega bo‘lgan mamlakatlarda o‘rnashmoqdalar.
TMKlar ITTKI o‘tkazish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega
bo‘lgan,
universitetlar
va
milliy
tadqiqot
markazlari
faoliyat
ko‘rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo‘lmagan va
kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi
mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining
joylashishi uchun jalb etuvchi omillar bo‘lib ilmiy muassasalar va sanoat
korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o‘rnatilganligi, qabul qilayotgan
mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarning qo‘llab-
quvvatlanishi va intellektual mulkni qo‘riqlashning mustahkam huquqiy
asosi hisoblanadi.
90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda
ham TMKlar bajonidil o‘z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy
va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatishi uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun
qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o‘quv markazlari joylashgan
bo‘lishi, shuningdek, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish
uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lishi zarur.
TMK
korxonalarini
samarali
faoliyat
yuritishining
asosiy
manbalaridan biriga bosh kompaniya resurs va bozorlar joylashishining
qulay kombinatsiyasini qo‘llagan holda uyushtiradigan internatsional
ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab
chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil
mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun
xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik
aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har
xil shakllari birgalikda qo‘llaniladi. Ko‘pincha, tashqi savdo to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining
mahsulotlarini eksport qilish amalga oshiriladi.
177
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o‘zida kapital, texnologik
jarayonlar, malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog‘ini davlat
chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati
ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni ifoda etadi. Integratsiyalashgan
xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) milliy
kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga, nisbatan
yuqori bo‘lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda savdo
bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik
ustunligi namoyon bo‘ladi.
Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil
etishning quyidagi 3 xil tuzilmasi mavjudligini ko‘rsatadi (8.2.1-rasm):
1.
Gorizontal.
2.
Vertikal.
3.
Diversifikatsion.
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko‘paytirish, sanoat
ko‘lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari
ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo‘lgan
talab qisqarganda, xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo‘lgan talab
saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o‘z korxonasiga
resurslarni o‘tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan
TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi
sifatida aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil
mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda
xomashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va
yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi
mamlakatda tayyor mahsulot yig‘ish kabi bosqichlarini yagona texnologik
zanjirga birlashishini ifoda etadi.
|