masalasi
milliy
korxonalarimizning ham jahon bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda
milliy
iqtisodiyotimizni
diversifikatsiyalash
uni
14
http://www.Plub.ru/Defoutsourcing.html. Dasturiy mahsulotlar laboratoriyasi.
180
mustahkamlash va barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda va bu
borada ma’lum natijalarga erishilmoqda.
Sanoatni ustuvor tarzda rivojlantirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb
qilish borasidagi sa’y-harakatlar natijasida tarmoqning mamlakat
YAIMidagi ulushi keskin ortdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,
“Bizning keyingi yillarda eksport
sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini
tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz
uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo
etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini
shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq
istiqbolga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir”
15
.
8.3. TMK millatini aniqlash
TMK millatining ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
–
ro‘yxatga olingan joyi;
–
shtab-kvartiraning joylashuvi;
–
aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning
millati.
Kompaniyaning millatini o‘z hukumati tomonidan beriladigan
imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va hokazolar aniqlaydi. Xorijiy
firmalarning faoliyat yuritishini esa qabul qiluvchi davlat o‘z
iqtisodiyotining alohida sektorlarini qoldirgan holda cheklaydi. Shunday
qilib, ko‘pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temiryo‘l transporti,
Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya,
Finlyandiyada telekommunikatsiya sohasida va boshqa sohalarda faoliyat
yuritish taqiqlangan. Lekin so‘nggi yillarda xorijiy firmalar uchun
taqiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qonunchilikni
liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda, turli mamlakatlar
qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va
norezident-firmalarni farqlaydi. Rezidentlarga ushbu davlat hududida
joylashgan va shu yerning o‘zida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar kiradi.
Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar
iqtisodiy adabiyotlarda, odatda, bosh kompaniyaning xorijiy filiallari
(foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar bo‘lim (branch) shaklida,
15
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.
–T.: O‘zbekiston, 2009.
181
sho‘ba firmalar (subsidiary) yoki uyushgan (associated) kompaniyalar
shaklida faoliyat yuritishi mumkin.
Bo‘lim qabul qilayotgan mamlakatda ro‘yxatdan o‘tadi, ammo u o‘z
balansiga ega bo‘lgan mustaqil kompaniya emas va to‘liq (100 %) bosh
kompaniyaga tegishli bo‘lib, yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi.
Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
–
bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;
–
bosh kompaniyaning qo‘shma korxona bo‘yicha hamkori, u yerga
boshqa firmalar ham kirishi mumkin;
–
bosh kompaniyaning xorijdagi ko‘chmas mulki;
–
bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat
yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi
platformalar va hokazo).
Sho‘ba kompaniyalar qabul qilayotgan mamlakatda o‘z balansiga
ega bo‘lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib)
ro‘yxatdan o‘tadi va TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi. Bosh
kompaniya uning aksiyalari kontrol paketiga yoki sho‘ba kompaniyaning
butun kapitaliga egalik qiladi, korxona boshliqlarini tayinlaydi va nazorat
qiladi.
Uyushgan kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda aksiyalarining
10-50 %iga bosh kompaniya egalik qiluvchi TMK tizimidagi korxona
hisoblanadi. Bu korxona bosh kompaniyaning nazoratida emas, balki
ta’siri ostida bo‘ladi.
Ba’zan bo‘lim, sho‘ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma
faoliyatining baynalmilallashuvi yo‘lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi.
Bu holatda internatsionallashtirishning ilk bosqichi bo‘lib, odatda,
kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So‘ngra bu jarayon
tashqi savdo bitimlari, xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion
bitimlar)
ayirboshlash
hisobiga
kengayadi.
Tovar
aylanishining
ko‘payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan fan-texnika
aloqalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o‘z
vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Muomalalar hajmining
o‘sishi natijasida vakolatxona bosqichma-bosqich sho‘ba kompaniyasi va
keyin uyushgan kompaniya darajasiga ko‘tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning
keyingi rivoji global ko‘lamdagi biznesga ega xalqaro korxonaning
shakllanishiga olib keladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan milliy kompaniyaning TMK sari borish
yo‘lini ko‘pchilik xalqaro kompaniyalar uchun odatiy bo‘lgan tashkiliy
qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha tasavvur qilish mumkin,
182
ya’ni eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – qabul qiluvchi
mamlakatdagi vakolatxona – sho‘ba kompaniya – uyushgan kompaniya –
global ko‘lamdagi biznesga ega xalqaro kompaniya.
Kompaniya millati haqidagi masalalar bankrotlik, soliqqa tortish,
antimonopol qonunchilikni qo‘llash va bir qator boshqa holatlarda ham
yuzaga keladi. Ko‘pchilik soliqqa tortish huquqiy tizimiga ko‘ra, har bir
kompaniya qardosh firmalar bilan aloqalaridan qat’iy nazar alohida
soliqqa tortiladi. Bunda ikki yoqlama soliqqa tortmaslik uchun bosh
kompaniya qardosh korxona bilan ularga texnologiyalarni, nou-xaularni
berish, patentlar, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo belgilaridan,
ITTKI natijalaridan (agar ITTKI tijorat daromadi keltirsa, ular soliqqa
tortiladi) foydalanish sohasida kelishib olishlari zarur. Qabul qiluvchi
mamlakatni soliq organlarining bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari
orasidagi munosabatlarni bilishi qabul qilayotgan mamlakatning soliq
deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan daromadlar
hajmining to‘g‘riligini nazorat qilish imkonini beradi.
90-yillarda yirik TMKlar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatlar soliq
qonunchiligining qo‘pol buzilganligi holatlari ham kuzatilgan. Masalan,
90-yillar o‘rtalarida Yaponiya soliq organlari “Koka-kola” kompaniyasi
filialiga bosh kompaniya hisobiga haddan tashqari ko‘p litsenziyalangan
pullarni o‘tkazgani, shunga ko‘ra, soliq deklaratsiyasida filial foydasi past
ko‘rsatilgani uchun 15 mlrd. iyena miqdorida jarima solgan. Shu vaqtning
o‘zida “Nissan” Yapon mashinasozlik kompaniyasi AQSh soliq
boshqarmasiga 17 mlrd. iyena miqdorida jarima to‘lagan, chunki u o‘z
foydasining bir qismini Yaponiyadagi bosh kompaniya hisobiga o‘tkazib
yuborish evaziga Amerika solig‘ini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi.
Antimonopol qonunchilik qo‘llanilgan holatlarda ko‘p mamlakatlar
sudi birlashmagan bozor qudratini aniqlashda korxonalarning iqtisodiy
birligini (qardoshligi) ko‘zda tutadi. Bu yerda ko‘pgina TMKlarning
huquqiy maslahatlar, ITTKI, moliya, buxgalteriya, bir yoki bir nechta
xalqaro markazlarda dasturlashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat
ko‘rsatadigan vazifalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi.
Kompaniya millati sud yoki arbitrajda bosh kompaniyaning ekologik
jihatdan zararli texnologiyalar yoki nuqsonli mahsulotlar ishlab
chiqarishga jalb qilinganligi darajasi ko‘rib chiqilayotganda katta
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda sud hukmiga huquqiy
tomondan tashqari ma’naviy masalalar ham ta’sir etishi mumkin. Masalan,
hammaga ma’lum bo‘lgan Bxopaldagi (Hindiston) kimyo zavodida
insonlarning ommaviy zaharlanishiga “Yunion karbayt” kompaniyasining
183
texnologiyasidan foydalanilish sabab bo‘lgan va u sudda Hindiston tomoni
oldida ma’naviy javobgarligini tan olib, zarar ko‘rgan oilalar xarajatlarini
qoplash majburiyatlarini o‘z bo‘yniga olgan.
TMK millatini va uning xorij filiallari bilan aloqasini aniqlashdagi
qiyinchiliklar bu aloqalarning ko‘p uchraydigan ko‘p darajaliligi bilan
tushuntiriladi. Masalan, o‘yinchoqlar tayyorlaydigan yirik “Mattel”
korporatsiyasi (AQSh) butun dunyo bo‘yicha 39 ta qardosh kompaniyaga
egadir, bulardan 26 tasi bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa
“Mattel” korporatsiyasining xorij filiallariga tegishlidir (8.3.1-jadval).
|