Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
Xulosalar 
 
1. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning aksariyat qismi transmilliy 
korporatsiyalarni namoyon etadi. Tashkiliy shakli bo‘yicha ular umumiy 
mulkchilik bilan bog‘langan aktivlarga egalik qiluvchi konsernlardir. Ular 
oldingi o‘tmishdoshlari – kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi, 
chunki ularning a’zolari o‘z kapitallarining egasi bo‘lib qolar edilar. 
2. Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini olishga 
undovchi asosiy sabablarga tovar aylanmasi o‘sishi bilan sotish bozorini 
va demak foydani ko‘paytirish, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini 
qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga 


186 
qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan, kredit-moliya tizimi, 
sotish kanallari va infratuzilmasidan foydalanish hisoblanadi. 
3. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni ham 
o‘ziga jalb etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni reklama, 
xaridorlarni izlash, ko‘p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash 
xarajatlarini va shuningdek, transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli 
muntazam kelishuvlar hisobiga transport xarajatlarini qisqartirish orqali 
sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi.
4. Konsorsiumlarni tashkil etish kompaniyalarga (shu jumladan, 
kichik va o‘rta kompaniyalarga ham) eksport ishlab chiqarish uchun zarur 
uskunalar bilan ta’minlash va tashqi bozorga chiqish uchun moliyaviy va 
boshqa resurslarni birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
5. TMK faoliyatining samaradorligi 3 manbaga asoslanadi: 

turli mamlakatlarning tabiiy resurslariga, yirik kapital va fan–
texnikada yangilik kiritishga patentlarning ko‘pchilik qismiga egalik 
qilish; 

butun dunyoda mahsuldor yerlar, tabiiy boyliklar, qulay iqlim va 
arzon ishchi kuchining maqbul kombinatsiyasi asosida o‘z korxonalarini 
joylashtirish afzalligidan foydalanish. 

xalqaro marketing konsepsiyasidan foydalanish asosida baynalmilal 
ishlab chiqarishni tashkil etishda xalqaro menejment tajribasidan 
foydalanish. 
6. TMK millatini aniqlovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish 
joyi, shtab-kvartiraning joylashuvi, aksiyalarning nazorat paketiga ega 
aksiyadorlarning millati hisoblanadi. 
7. 2008-yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga 
solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz TMKlarning investitsion 
faoliyatiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
8. Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi, korporatsiyalar 
foydasining kamayishi va aksiyalar narxlarining keskin pasayishi xalqaro 
qo‘shilish va qo‘shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko‘rsatdi, bu 
esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek, tobora ko‘proq rivojlanayotgan 
mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir.

Download 3,95 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish