Xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
10.2. Xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari 
 
Ingliz tilida so‘zlashadigan inson xalqaro biznesda muvaffaqiyat 
qozonmoqchi bo‘lsa, qaysi xorijiy tilni o‘rganishi lozim? Bu ko‘proq ish 
beruvchining qaysi mamlakatda biznes bilan shug‘ullanayotganligi hamda 
inson qayerda faoliyat olib bormoqchi ekanligiga bog‘liqdir. Shunga 
qaramasdan, 1990 va 2010-yillar orasida qaysi xorijiy til eng muhim 
bo‘lishi to‘g‘risida Amerika firmalari xodimlarining fikri o‘rganilganda, 
44 % respondentlar ispan tili, 33 % esa Yapon tili eng asosiy til bo‘ladi 
deb javob berdilar. 1 %dan kam foiz olmagan qolgan tillar orasida Fransuz 


208 
tili (8 %), xitoy tili (6 %), nemis tili (5 %) va rus tili (1%) o‘rin oldi. 
Kompaniyaning xorijdagi filialining rahbari mustaqil ishlay olish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak, chunki xorijdagi ko‘pgina vazifalar 
xarajatlarni qisqartirish maqsadida bekor qilingan. Firmaning shtab-
kvartirasida menejer mutaxassislardan zarur maslahatni olish uchun 
bemalol boshqa xonaga o‘tishi yoki telefonda qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, 
lekin filialning rahbari esa ko‘proq faqat o‘z fikri va shijoatiga suyanishi 
lozim. 
Bosh firma xodimlari xorijiy xizmat safarlarida filial rahbarlari kabi 
o‘z oilalaridan vaqtincha uzoqda bo‘lishlari bilan bir qatorda har xil 
muammolarga duch kelishlari mumkin. Garchan bosh firmaning ko‘pgina 
lavozimlari vazifalarida xizmat safarlariga, shu jumladan, xorij xizmat 
safarlariga chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, mahalliy xizmat safarlari, 
shanba va yakshanba kunlari o‘z oilasiga kelib ketish imkoniyati mavjud 
bo‘lganligi tufayli, unchalik uzoq tuyulmaydi. Xalqaro biznes bilan 
shug‘ullanadigan bir tadbirkor ushbu vaziyatni hazil bilan shunday 
tasvirlab bergan: “Qachon xizmat safariga borishni va qachon qaytishni 
oldindan rejalashtira olmaysan. Tug‘ilgan kunlarda ishtirok etish, 
tomoshalar, yubiley marosimlari yoki oilaviy bayramlar va boshqa 
tadbirlarga borish sening hayotingda qoida emas, balki kamdan-kam sodir 
bo‘ladigan voqeaga aylanib qoladi. Sen safarda bo‘lgan chog‘ingda, 
qarzlarni qaytarish muddati yaqinlashib qolishi, kredit kartochkasi 
bo‘yicha hisoblarni olib kelishlari, uydagi uskunalar ishdan chiqishi
farzanding kasal bo‘lib qolishi, soliq nazoratchisi tekshirish uchun kelishi, 
turmush o‘rtog‘ing esa sen bilan ajrashish to‘g‘risida ariza berishi 
mumkin”. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijiy korxonalarni boshqarish shakllari

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish