• Moslashuvchanlik qobiliyatini baholash.
  • Kollej bitiruvchilarining tanlovi




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

    Kollej bitiruvchilarining tanlovi. 
    Xalqaro kompaniyalar xorijiy 
    korxonalar joylashgan mamlakatda qobiliyatli odamlarni tanlash 
    maqsadida AQSh va boshqa mamlakatlar universitetlarining bitiruvchilari 
    bilan tanishib chiqadilar. Lekin bunday yondashuv o‘z kamchiliklariga 
    ega, chunki bunday korxonalarda yetarli ish malakasiga ega xodimlar 
    yetishmaydi. Yosh xodimlarning malakasi oshgan sari ularni yuqori 
    lavozimlarga qo‘yishadi. Bu holat korxonalarning ekspatriantlarga bo‘lgan 
    ehtiyojini kamaytiradi. Ushbu kompaniyalar o‘z yurtdoshlarini kerakli 
    texnik malakaga ega bo‘lmaguncha AQShda joylashgan korxonalariga 
    ishga yollaydilar.
    Bir qator kompaniyalar xodimlarni hisobga olish tizimini 
    markazlashtiradilar, bu tizim ham mahalliy, ham xorijdagi xodimlarni o‘z 
    ichiga oladi. Ular haqida nafaqat texnik va demografik ma’lumotlar, balki 
    chet tillarni bilish qobiliyati, xorijda ishlashga tayyorligi va moslashish 
    qobiliyati bo‘yicha testlarning natijalari mavjud.
    Moslashuvchanlik 
    qobiliyatini 
    baholash. 
    Kompaniyalar 
    xodimlarning 
    moslashuvchanlik 
    qobiliyatiga 
    qaraganda 
    texnik 
    qobiliyatlariga ko‘proq e’tibor beradilar. Uzoq muddatli xorijiy xizmat 
    safarlari bo‘yicha moslashuvchanlik qobiliyatini baholashga ahamiyatni 
    kuchaytirish zarur. Masalan, mamlakat ichida lavozimlarining o‘zgarishi 
    oqibatida ko‘chishlarga yaxshi moslashgan yoki xalqaro tashkilotlarda ish 
    malakasiga ega bo‘lgan xodimlar xorijdagi ish sharoitlariga ham yaxshi 
    moslashadilar. Bundan tashqari ayrim kompaniyalar har xil test 
    usullaridan biri bo‘lgan “Boshlang‘ich identifikatsiya dasturi”dan 
    foydalanish orqali u yoki bu shaxsning ma’lum bir sharoitga moslashish 
    qobiliyatini baholaydi. Bir nechta boshqa testlar yordamida odamning o‘z 
    xulq-atvorini o‘zgartirishga tayyorligini ko‘rsatuvchi shaxsiy xususiyatlari 
    baholanadi. Bunday testlarga “Minnesota ko‘p martalik shaxsni 


    218 
    baholash”, “xarakter qirralarini Juilford-Simmerman bo‘yicha aniqlash” 
    va “Ell-Port-Vernon qadriyatlarni aniqlash tizimi”ni misol sifatida 
    keltirish mumkin. Juda kam kompaniyalar xizmat safariga ketayotgan 
    xodimlarning turmush o‘rtoqlari bilan testlar va suhbatlar o‘tkazadilar. 
    Chunki xizmat safariga ketayotgan xodimga nisbatan uning oila a’zolari 
    uchun yangi sharoitlarga va muhitga moslashishi qiyin kechadi. 
    Xodimning boshqa davlatga ishga yuborilishi lavozim ko‘tarilishidir, lekin 
    uning ayoli uchun u yerda mehnat faoliyatini yangidan boshlashi kerak 
    bo‘ladi. O‘z dugonalari va oila a’zolaridan ajralish ayoli uchun 
    yolg‘izlikni olib keladi. Ayrim kompaniyalar xorijda mehnat faoliyatini 
    yuritish uchun xodimlarni tanlash va tayyorlashning murakkab tartibidan 
    foydalanadilar. Bu jihatlarning tahlili tanlash tartibining murakkabligi va 
    moslashuvchanlik o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish