Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Mahalliy muhitning ta’siri
. Ekspatriant shaxsiy xususiyatlaridan 
qat’iy nazar mahalliy muhitning salbiy ta’siriga uchrashi mumkin. 
Masalan, menejerning obro‘si tan olinishi uchun ma’lum vaqt zarur, 
ekspatriantga esa xizmat safari muddati yetmasligi mumkin. Ko‘pincha 
mahalliy xodimlar xorijliklarga yaxshi lavozim berilgan va ko‘proq ish 
haqi to‘lanadi deb o‘ylaydilar. Xorijiy boshqaruvchi firmaning umumiy 
maqsadlariga erishish uchun notanish qarorni qabul qilishi mumkin. Agar 
bunga xorijliklarga nisbatan salbiy munosabatlar qo‘shilsa, ekspatriantga 
o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ayrim 
nomzodlar xorijga yuborishda umuman ishtirok etmaydi. Masalan: 
Janubiy Afrikada – qora tanli menejer, Liviyada – yahudiy, Yaponiyada – 
juda yosh ayol, Saudiya Arabistonida – boshqaruvchi-ayol, chunki ular 
o‘z ish faoliyatini olib borishida jiddiy muammolarga uchrashi mumkin. 
Kompaniyalar xodimlarning xorijga yuborilishida ularni mahalliy 
aholi tomonidan qanday qabul qilinishiga juda jiddiy qaraydilar deb 
hisoblash mumkin. Masalan, ayollarga bo‘lgan munosabatlar quyidagicha 
ifodalanishi mumkin: 

ayollar erkaklarga buyruq bermasligi kerak; 

ayollar o‘ta hissiyotlarga berilgan, ularning o‘rni uyda; 

buyurtmachilar ular bilan ishlashni xush ko‘rmaydilar; 

qo‘l ostidagilar ularni jiddiy qabul qilishmaydi


213 

ular og‘ir sohalarda ishlay olmaydilar; 

ular 
turmush 
o‘rtog‘ining 
xizmat 
martabasini 
buzishni 
xohlashmaydi. 
Shularga asoslanib, firmalar juda kam hollarda xorijiy filiallar 
boshqaruviga ayollarni tayinlaydi. Lekin o‘z mamlakatidan tashqarida 
barcha ishni uddalaydigan ayollar ham mavjud. Ammo ular sanoat ishlab 
chiqarishi sohasida emas, balki Yaponiya, Tailand va Hindiston kabi 
davlatlarda xizmatlar ko‘rsatish sohasida ko‘p uchraydi. Chunki bu 
davlatlarda ularni eng avvalo xorijiy fuqaro, keyin esa ayol sifatida qabul 
qilishadi. Xorijda ayol boshqaruvchilarning mahalliy aholi tomonidan 
ijobiy qabul qilinishi uchun ba’zi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Unga 
ko‘ra yoshi katta, oliy toifali, xizmat pog‘onasida bir necha marta 
ko‘tarilgan va shular natijasida katta mavqega ega bo‘lgan ayollarni 
tanlash maslahat beriladi. Mahalliy rahbariyatga ayol nomzodning yuqori 
malakasi to‘g‘risida oldindan axborot berish va boshqaruvda mahalliy 
ayollar ishlab turgan joyga tayinlash maqsadga muvofiqdir. Bundan 
tashqari uning tashqi muhitga moslashib olishi uchun xizmat safari
uzunroq muddatga ega bo‘lishi kerak.

Download 3,95 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish