211
tayyor bo‘lguncha amerikalik mutaxassislardan foydalangan. Bir necha
yildan keyin kompaniya Meksikada o‘lchami, mahsulot ko‘rsatkichlari va
boshqaruv bazasi bo‘yicha Perudagi zavodga o‘xshash zavodni qurishga
qaror qildi va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda rejalashtirish uchun
Meksikaga moslashuvchan va ispan tilida so‘zlashadigan perulik
mutaxassislarni jo‘natdi.
10.3. Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy
tavsiflari
Texnik bidimdonlik.
Mahalliy xodimlar xorijliklarga nisbatan
ko‘pincha salbiy munosabatda bo‘ladi. Ularning fikricha, xorijliklar ularga
qaraganda past malakali hamda baland ish haqi oladilar. Boshqaruvchilar,
ekspatriant-menejerlar va mahalliy menejerlarning fikricha, xorijiy filialga
xizmat safariga yuborilganda yaxshi mehnat qilish qobiliyati asosiy
muvaffaqiyat omili hisoblanadi. Ammo xorijda muvaffaqiyatli ishlash
uchun boshqa qobiliyatlar ham muhim. Ekspatriant, eng avvalo bosh firma
tomonidan beriladigan texnik talablarni yaxshi bilishi lozim. Bundan
tashqari u xorijiy xususiyatlarga, masalan, eskirgan uskuna va inshootlar,
mehnat unumdorligining boshqa me’yorlari, firma ichida resurslarni
samarali taqsimlanmasligi, kreditlar olishdagi qiyinchilik va ommaviy
aloqa vositalaridan foydalanishning cheklanganligi kabilarga moslasha
olishi
zarur.
Ekspatriant
filialda
qabul
qilinadigan
qarorlarni
korporatsiyaning global me’yorlariga mos kelishi uchun korporatsiyaning
global siyosatini yaxshi bilishi lozim. Shu sabablar tufayli boshqaruvchilar
filialni boshqarishga yuborilishdan oldin bosh firmada bir necha yillik ish
tajribasiga ega bo‘lishi kerak.