209
joylarida yangi bo‘linmalar barpo qilishga majbur bo‘ladilar. Masalan,
mahalliy kadrlarning bosh shtab-kvartira joylashgan davlatga borishni rad
etishi, korporatsiyalarni ilmiy– Тekshiruv laboratoriya va hududiy
idoralarni xorijda qurishiga sabab bo‘ladi. Rahbarlar boshqarish
lavozimiga xodim tanlaganda ekspatriant mehnatidan foydalanish
qiymatini ham hisobga olishi lozim. Odatda, firmalarga ekspatriantlarning
xizmati, mahalliy boshqarish xodimlariga nisbatan qimmatga tushadi.
Mamlakat tashqarisida professional tayyorgarlikni olganlar uchun yurist
va buxgalterlik xizmatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydigan litsenzion
talablar kabi huquqiy to‘siqlar, shuningdek, immigratsion cheklashlar ham
mavjud. Hukumatning yo‘riqnomalari to‘satdan va tez– Тez o‘zgarib
turishi tufayli firmalar yetarlicha aniq bo‘lmagan sharoitda ishlaydilar.
Mahalliy raqobatbardoshlik.
Mahalliy sharoitlarga moslashish
qanchalik qiyin bo‘lsa, firmalar uchun mahalliy xodimlardan foydalanish
shunchalik samarali bo‘ladi, negaki ular mahalliy sharoitlarni yaxshiroq
tushunadilar. Bu zaruratning kelib chiqishiga atrof-muhitning noyob
xususiyati, bojxona to‘siqlari, kuchli mahalliy raqobatchilar yoki
manfaatli buyurtmachilarning mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.
Mahalliy imij.
Xorijliklar nazorat qilayotgan narsalarga raqiblik
munosabatlari mavjud bo‘lsa, ba’zan firma uchun mahalliy imidjni
yaratish foydalidir. Mahalliy rahbarlar “jonkuyar vatanparvarlar» sifatida
qabul qilinadi, bunda ular mahalliy manfaatlarni kompaniyaning global
maqsadlaridan ustun qo‘yadilar degan taxminga asoslanadi.