206
X bob. KO‘P MILLATLI KOMPANIYALARNING (MNK)
STRATEGIYALARI
10.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari
Xorijiy filiallarga ega ko‘pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog‘liq
bo‘lgan bir qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda
inson resurslarini boshqarish bo‘yicha turli xil yondashuvlarning mavjud
bo‘lishiga qaramay, ularning aksariyat qismi
belgilangan maqsadlarga
erishish hamda xorijda korxonaning iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori
malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etadi. “Sanoat
konferensiyasi kengashi” nomli tadqiqot
tashkiloti korporatsiyalar
prezidentlari o‘rtasida dunyodagi o‘zgarishlar jarayoni va ularni
boshqarish muammolariga bag‘ishlangan o‘zaro muloqot o‘tkazdi.
“Yunilever” korporatsiyasining raisi bu to‘g‘risida shunday dedi: “Biz
uchun yagona va eng asosiy masala – bu tashkilot va insonlardir”.
Tashkilot shtatini to‘ldirish jarayonida
malakali mutaxassislarga
bo‘lgan ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o‘z
ishini yuqori darajada bajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega
bo‘lgan kadrlar va yollanma xodimlarga bo‘lgan
ehtiyojni aniqlashdan
boshlashi zarur. Quyida xalqaro operatsiyalar miqyosida inson resurslarini
boshqarishning mamlakat ichkarisida ushbu resurslarni boshqarishdan
farqlarini ko‘rsatib beruvchi omillar keltirib o‘tilgan.
1. Mehnat bozorining xilma-xilligi.
Har bir mamlakatda
ishchi kuchi
tarkibi va unga qilinadigan xarajatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
transmilliy kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol
kira olishlari tufayli bundan foyda ko‘rishlari mumkin. Masalan,
AQShning “General motors” korporatsiyasining Meksikada joylashgan
yordamchi
korxonasida , asosan, past malakali ishchilar ishlaydi, “IBM”
korporatsiyasining Shveysariyadagi ilmiy-tadqiqot bo‘limida
aksincha,
yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi. Kompaniyalar xorijiy resurs
va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayni bir
turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar ta’sirida
turlicha bo‘lishi mumkin.