212
uyga qaytishga majburligi yoki yomon turmush kechirayotganligi haqida
turli fikrlar mavjud. Firmaning baynalmilallashuvi xizmat safari bo‘yicha
bevosita sarflar va natijalarga erishish maqsadidagi xarajatlarning yuqori
bo‘lishini nazarda tutadi. Xorijiy xizmat safarlari xodim yoki uning
oilasining moslasha olmasligi sababli oilaviy hayot tarzini buzadi.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda menejerlarga katta ehtiyoj
mavjudligi sharoitida oilaning yangi shart-sharoitlarga moslasha olmasligi
ko‘p uchraydi. Xizmat safari tufayli oila o‘z turmush tarzini, odatlarini
o‘zgartirishi, yangi ijtimoiy tizimga, ish yuritishning notanish usullariga
ko‘nikishi lozim. Bundan tashqari insonni qo‘llab-quvvatlaydigan yaqin
do‘st va qarindoshlari vatanida qoladi. Lekin boshqa davlatdagi hayotga
oson moslashuvchi insonlar ham bor. Shu sababli xizmat safariga yuborish
zarurati tug‘ilganda, xuddi shunday insonlarni tanlash maqsadga
muvofiqdir. Ba’zi firmalarda xorijda ishlash tajribasiga ega maxsus
guruhlar mavjud va faqat ularni xorijga yuboradilar.
Aniq muddatli va muddati ko‘rsatilmagan xizmat safari insonlarga
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Xodimlar xizmat safarining tugash muddatini
bilsa, ular ishni tezroq uddalay oladilar.