210
etishiga qaramasdan, dunyoda ularni yuz minglab uchratsa bo‘ladi.
Ekspatriantlar xizmatidan foydalanishga asosiy sabab ba’zida texnik
tayyorgarlikni talab qiluvchi lavozimlarga mahalliy nomzodlarni
topishning qiyinligidan iborat. Odatda, bu shu davlatning rivojlanganlik
darajasi bilan bog‘liq, shuning uchun sanoati rivojlangan davlatlarda
ekspatriantlar kamchilikni, rivojlanayotgan davlatlarda esa ko‘pchilikni
tashkil etadi. Bundan tashqari, bosh firma joylashgan mamlakatda ishlab
chiqilgan qandaydir texnologiyani xorijiy filiallarda joriy etishda yuqori
malakali xodimlar kerak bo‘ladi.
Boshqaruv
xodimlari
malakasini
oshirish.
Ko‘p
millatli
korporatsiyalar barcha xodimlarda korporativ tizim tushunchasini hosil
qilish uchun xorijliklarni o‘z mamlakatidagi bosh kompaniyaga yoki
uning hududiy bo‘limlariga jo‘natadi, mahalliy xodimlarni esa xorijga
yuboradi. Ixtisoslashgan faoliyat mamlakatlar bo‘yicha taqsimlangan ba’zi
firmalarda, boshqaruvchida birlashgan yondashuvni rivojlantirishning
yagona yo‘li xorijga uzoq muddatga xizmat safariga jo‘natishdir. Xorijga
jo‘natish boshqaruvchida turli xil ijtimoiy tizimlarda ishlash qobiliyatini
rivojlantirishi mumkin va shuning uchun bosh firma yoki uning xorijiy
filiallarida yuqori lavozimlarni egallash uchun yaxshi tayyorgarlik bo‘ladi.
Nazorat.
Ko‘p millatli kompaniyaning tashkiliy rivojlanishini
muvofiqlashtirish va filiallarda ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish
uchun xodimlarni qisqa muddatli xizmat safarilariga jo‘natish va bir
ishdan boshqa ishga ko‘chirish qo‘llanadi. Bu maqsadlarga bosh firmadan
xizmat safariga yuborilganlarning barcha narsalarni umumfirma holati
bilan baholashga odatlanishi, lavozimlarni tez–tez o‘zgartirish yaxlit tizim
haqida bilim olish imkoniyatini berishi orqali erishiladi. Bosh firma va
filiallar o‘rtasida tajriba va kadrlar almashishi yo‘li bilan yangi korporativ
madaniyat vujudga keladi. Bu firma oldiga qo‘yilgan vazifalarning
bajarilishini nazorat qilish vositasi bo‘lishi mumkin.