216
olmaydi. U holda bir xil turdagi ishga turlicha ish haqi oladigan ikkita
xodim to‘g‘ri kelib qolishi mumkin, bu esa tengsizlikka olib keladi.
Xizmat safariga yuborishning kelishilgan shakli ishlab chiqilmas ekan,
ba’zi xodimlarga ularni xorijga jo‘natishga ko‘ndirish uchun ko‘proq haq
to‘lanaveradi.
Yashash xarajatlari.
Xorijga ketadigan odamlar uchun yashash
xarajatlari ko‘payib ketadi. Bu , asosan, ularning ma’lum bir hayot tarziga
o‘rganganligidan kelib chiqadi, ya’ni yangicha
sharoitda bunday hayot
tarzi qimmatga tushib ketadi va uni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Boshqa
sabablar esa sport bilan shug‘ullanmaslik, ma’lum oziq-ovqatlarni xarid
qilishni to‘xtatish, ba’zi bayramlarni nishonlamaslik, o‘z ona tilidagi
teledasturlardan mahrum bo‘lish yoki farzandlarining xorijda o‘qishga
majbur bo‘lishidan iborat. Yangi madaniyatga ko‘nikish kabi ruhiy
muammolar ham mavjud. Bu kabi o‘zgarishlarga ko‘nikish
zarurligini
hisobga olgan holda kompaniyalar ko‘pgina xodimlarning ish haqiga
ustamalar to‘lashadi.
Ba’zi joylarda yashash sharoitlari og‘ir bo‘lib, masalan, iqlimning
yomonligi yoki atrof-muhitning sog‘liqqa zararligi, siyosiy ahvolning
beqarorligi xodim va uning oilasiga xavf tug‘diradi. Oxirgi vaqtlarda ba’zi
guruhlar turli davlatlarda xizmat safaridagi xodimlarning bolalarini
o‘g‘irlashi va pul talab qilishi ko‘p uchramoqda.
Pul talab qilish
maqsadida bolalarni o‘g‘irlash va terrorizm kabi illatlar kompaniyalarni
nafaqat noqulay yashash sharoitlari uchun ustama haq to‘lashga, balki
xodimlar bolalarining o‘g‘irlanishidan sug‘urtalashga ham majbur qilib
qo‘ydi. Bundan tashqari kompaniyalar xodimlar va ularning oila a’zolarini
bu tarzdagi xavf-xatarlarga tayyor turishini ma’lum qilishdi. Jabrlangan
oilalar
kompaniyalarning
pul
to‘lab
qutqarib
olish
paytidagi
muzokaralarda noto‘g‘ri yo‘l tutganlaridan arz qilishdi,
aksiyadorlar esa
pulni to‘lamaslikni talab qilishdi.
Valyutani tanlash.
Odatda, ekspatriantlarga ish haqi mahalliy va
ma’lum miqdorda o‘z davlati valyutasida to‘lanadi. Bu unga o‘z milliy
valyutasida jamg‘arishga imkon beradi hamda ish haqining shu qismidan
soliq to‘lashdan ozod bo‘ladi.
Uzoq hududlar.
Ko‘pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq
hududlarda amalga oshiriladiki, TMK
u yerda qulay sharoitlarni
yaratmasdan yoki boshqa rag‘batlantirishlarsiz ishlashga tayyor
xodimlarni topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi
o‘zining Amerikalik ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy
teleradiostansiya yaratgan. “INKO‘ firmasi esa o‘zining AQShlik
217
mutaxassislari uchun Indoneziyada maktablar,
kasalxonalar, cherkovlar,
supermarketlar, golf o‘yini uchun maydonlar, yaxt-klub, motellar va
restoranlar qurib bergan.
TMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant-
xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo‘ladi.
Qurilishga va obyektlarni ishga tushirishga ko‘proq ishchilarni jalb qilish
uchun TMK, odatda, qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga
taklif etadi va zarur bo‘lgan ishchi kuchining ko‘p
qismini chetdan jalb
qiladi. Ko‘pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar
mavjud bo‘lsa ham rozi bo‘ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa
muddatda pul jamg‘arishga imkoniyat yaratadi.