179
qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog‘lanishlarni yo‘lga
qo‘yish
va
takomillashtirishga,
ishlab
chiqarishning
o‘zini
optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga
ma’lum jihatdan bog‘lab qo‘yadi. Ishlab chiqarishning
xalqaro vertikal
integratsiya darajasi bitta TMK filiallarining ushbu kompaniyaning
boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo‘li bilan
aniqlanishi mumkin.
Bunday
mahsulotni
tayyorlash
tobora
ko‘proq
autsorsing
munosabatlari bilan birga
rivojlanmoqda. “Fortune”
jurnalining
ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlardagi kamida 90 %
korxonalar hech bo‘lmaganda bitta biznes-jarayonni amalga oshirish
uchun
autsorsingdan foydalanadi
14
. TMKlar tomonidan autsorsingning
eng faol qo‘llaniladigan asosiy shakllariga ishlab chiqarish autsorsingi,
ya’ni ofshor shartnomaviy ishlab chiqarish (OEM-original equipment
manufactures), XXI asr boshida eng ko‘p rivojlangan
biznes-jarayonlar
autsorsingi, axborot texnologiyalari autsorsingi (“ofshor dasturlash”),
shuningdek, ITTKI autsorsingi (“bilimlar autsorsingi”) kiradi.
Ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalash
turli
qabul
qiluvchi
mamlakatlarda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarishni bildiradi. Ma’lum
bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yishning shu tovarni eksport qilishdan ko‘ra maqsadga muvofiqligi
qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import bojining miqdori
bilan aniqlanadi. Yuqori import boji va o‘sayotgan talab vaziyatida
xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o‘rniga
uni import qiluvchi
mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan
tashqari bir turdagi mahsulotni shu mamlakatda, boshqa turdagisini
boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
xalqaro
kompaniyaga o‘zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam
talabga egaligi va yangi bozorda o‘rnashish bo‘yicha muvaffaqiyatsizligi
holatida, kompaniya o‘z yo‘qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni
oshirish hisobiga qoplashi
mumkinligi bilan sug‘urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini
beradi.
Ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalash