166
savdo-sotiq bozorini va yangi samarali texnologiyalarga erishish
imkoniyatlarini kengaytirish.
3. Qabul qilayotgan
mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi,
savdo kanallari va infratuzimasidan foydalanish.
Ko‘pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy
korporatsiyalarga o‘tish jarayonida ularning tashqi
iqtisodiy faoliyatining
muayyan ketma-ketligi (bosqichlari) odatiy hol bo‘lib qoldi (8.1-rasm).
Birinchi bosqich o‘z ichiga bir martalik eksport-import bitimlarida
aks etuvchi, turli davlatlardan bo‘lgan hamkorlar orasidagi shartnoma
munosabatlarini oladi. Bu bosqichda hamkorlar
hali yetarli darajada bir-
birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat potensiali va ishbilar-
monlik uslubini bilmaydilar.