164
namoyon etadi. Pay fondlari ikki turda – fond mablag‘lari hisobiga
ishonchli boshqaruvchi chiqargan investitsion paylarni majburiy sotib
olgan, yoki bunday majburiyatni olmagan bo‘lishi ham mumkin. Pay
fondi ishonchli boshqaruvchi tomonidan qabul
qilingan qaror asosida
yaratiladi.
Investor va boshqaruvchi o‘rtasida investorlarning pul mablag‘larini
birlashtirish va ularni pay fondiga umumiy mulkdorlik ulushi huquqiga
ega bo‘lish sharti bilan kiritishni ko‘zda tutuvchi shartnoma tuziladi.
Moliyaviy va boshqa investitsion aktivlardan foydalanish maqsadi va
yo‘nalishi ishonchli boshqaruv shartnomasining
shartlariga mos kelishi
lozim. Investitsion aktivlar bo‘yicha olingan daromadlar, bir-yildabir
marta fondning investitsion paylari egalari o‘rtasida
taqsimlanadi yoki
ularning barcha mulkdorlarining roziligi bilan qayta investitsiyalanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun me’yorlari investitsiya fondiga
nisbatan amal qilib kelmoqda, pay fondiga nisbatan esa 2017-yilning 1-
iyulidan kuchga kiradi.