• IF turlari va xillari
  • 1. Korporativ investitsiya fondlari
  •   Foydaning o‘sish va tushish nuqtalari




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

     


    159 
    Foydaning o‘sish va tushish nuqtalari 
    Investitsiya fondlari uchun eng ma’qul vaqt – bu mamlakat 
    iqtisodiyoti gullab yashnashi bo‘lib, bunda ular omonatchilarni yillik 
    qo‘yilmalardan ikki xil foizlar bilan mukofotlay oladilar. Bunday 
    taqsimotda IF daromadlar har qanday depozit stavkalardan yuqori bo‘ladi. 
    Aktivlar arzonlashgan va har qanday investitsiyalash holatlari xatarli 
    bo‘lgan moliyaviy inqiroz davrida investitsiya fondlarining foydaliligi
    pasayadi. 
    IF turlari va xillari 
    Investitsiya fondlari ochiq va yopiq ko‘rinishga ega. Birinchisi o‘z 
    ulushlarini ishtirokchilarning talablariga ko‘ra chiqaradi va sotib oladi. 
    Ya’ni omonatchilar o‘z mablag‘larini fond tarkibidan xohlaganlaricha 
    kiritishlari yoki chiqarib olishlari mumkin. Bunday fondda ishtirok etishni 
    yangi kirganlar, ya’ni investitsiyalash bo‘yicha yetarlicha tajriba va 
    ko‘nikmaga ega bo‘lmagan, lekin daromad olish usullarini xohlaganlarga 
    tavsiya etish mumkin. 
    Yopiq turdagi fondlar aksiyadorlik jamiyatlari sifatida shakllantiriladi 
    va miqdori oldindan belgilangan, birjalarda sotiladigan aksiyalarni 
    muomalaga chiqaradilar. Aksiyalarning qiymati birja talabiga ko‘ra va 
    ularni sotish vaqtida nominaldan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Bu 
    turdagi IF katta riskka yo‘liqadi, lekin bu yuqori foydalilik bilan 
    qoplanadi. Bunday fondlarda tajribaliroq investorlar ishtirok etadi, ular 
    fond ishini tashkil etishda bilvosita ishtirok etish va ovoz berishlari 
    mumkin. 


    160 
    IFning keng tarqalgan tuzilmalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish 
    mumkin: 
    1. Korporativ investitsiya fondlari
    aksionerlik jamiyatlari asosida 
    yaratiladi. Umumiy kapital hisobiga ular turli qimmatli qog‘ozlarni xarid 
    qiladilar, ularning qiymati vaqti-vaqti bilan o‘sib boradi va shuning 
    hisobiga har bir ishtirokchining ular qo‘shgan ulushi uchun qo‘yilmalar 
    qiymati ortib boradi. 
    2. Trastlar
    menejer va vasiylardan tashkil topgan bir qancha farqli 
    boshqaruvga ega. Menejerlar rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadilar va 
    qo‘yilmalar to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar. Vasiylar esa fond 
    aktivlariga ega va menejerlarning qo‘yilmalar bo‘yicha qarorlarini amalga 
    oshiradilar. Trastlarda aksiyadorlar investor bo‘lib ham sanaladilar: ularga 
    ovoz berish huquqi biriktirilgan va ular yakuniy qarorni qabul qiladilar.

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Foydaning o‘sish va tushish nuqtalari

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish