• Bu o‘zi nima Kimga va nima uchun kerak Investitsiya fondi
  • Payli investitsiya fondi
  • IFlari va PIFlari: xalqaro amaliyot




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

     
    7.4. IFlari va PIFlari: xalqaro amaliyot 
    Xalqaro amaliyotdan ko‘rinib turganidek, investitsiya fondlari 
    ortiqcha mablag‘lari bo‘lganlarga foyda olish imkonini beradi, lekin ular 
    ushbu mablag‘larni mustaqil investitsiyalashni uddalay olmaydi. Xususiy 
    shaxslarga hatto eng kam jamg‘armalarini birlashtirish va ularni qimmatli 
    qog‘ozlarga jamoaviy kiritish imkonini beruvchi fondlar jahonda 10 
    yildan ortiq vaqtdan buyon amal qilib kelmoqda. Aholining jamoviy 
    investitsiyalari uchun dastlabki fond XIX asrning o‘rtalarida Belgiyada 
    paydo bo‘lgan. 
    Bu o‘zi nima? Kimga va nima uchun kerak? 
    Investitsiya fondi
    – bu ishtirokchilarning pul resurslarini kelgusida 
    katta foyda olish uchun jamoaviy investitsiyalashni tashkil etuvchi tijorat 
    tashkiloti (yuridik shaxs). 
    Payli
    investitsiya fondi
    – bu ikki yoki undan ortiq shaxs-
    investorlarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida 
    ishonchli boshqarishga topshirgan pul mablag‘lari yig‘indisi. Pay fondi 
    yuridik shaxs hisoblanmaydi. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan 
    aktivlarni boshqarish uchun undirilgan komissionlardan tashqari
    investitsiyalashdan jami foydani fond paychilari oladi. 
    Ikkala fondlar ham bo‘lajak investorlarning pul mablag‘lari hisobiga 
    shakllantiriladi va turli tarmoqlarga kiritish uchun foydalaniladi. 
    Jahonning ko‘plab mamlakatlarida investitsiya fondlari bank depozitlari 
    bilan bir qatorda keng tarqalgan. 
    IF yoki PIF o‘z ishtirokchilariga ko‘plab imkoniyatlar beradi. 
    Birinchidan, pullar malakali mutaxassisning qo‘liga jamlanadi, bu esa 
    fondning 
    barcha 
    ishtirokchilari 
    risklarini 
    sezilarli 
    kamaytiradi. 
    Ikkinchidan, pul mablag‘lari, odatda, bir necha faoliyat turlariga kiritiladi,
    bunday holatda zarar ko‘rish riski alohida har bir ishtirokchi uchun ham 
    qisqaradi. Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish xarajatlarini 
    kamaytirish yana bir muhim ustunligi hisoblanadi, chunki fond bunday 
    operatsiyalarni juda ko‘p o‘tkazadi. 

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish